Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Маърифат маҳалласида хотин-қизлар билан ишлаш фаолияти ўрганилди
янв.21
Халқаро лойиҳалар ижроси, янги спорт аренаси ва депутат фаолияти диққат марказида.
янв.21
Битирувчи ёшларнинг мақсадлари қўллаб-қувватланди
янв.21
Депутат назорати.
янв.21
Юқори маҳалласида “еттилик” ва фаоллар билан учрашув ўтказилди
янв.21
Ёшлар келажаги — эътибор марказида
янв.21
Депутат сўроваи
янв.21
Депутат сўрови
янв.21
Депутат сўрови натижаси.
янв.21
Депутат ёшлар билан
XALQ DEPUTATLARI UCHQUDUQ TUMANI KENGASHI

 Xalq deputatlari Uchquduq tuman Kengashiga 20-“Yo‘lchilar” saylov okrugidan saylangan deputat G.Allanova tomonidan “Yo‘lchilar” ovulida xotin-qizlar faoli tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.

🔹 O‘rganish davomida hududdagi xotin-qizlarning ijtimoiy holati, bandligini ta’minlash, ularni kasb-hunarga o‘qitish, tadbirkorlik faoliyatiga jalb etish hamda “Ayollar daftari”ga kiritilgan fuqarolar bilan olib borilayotgan manzilli ishlar atroflicha tahlil qilindi.

🔹 Xususan, ehtiyojmand va ijtimoiy himoyaga muhtoj xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning muammolarini o‘z vaqtida aniqlash va bartaraf etish, kredit va subsidiya asosida daromad manbai yaratish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar ko‘zdan kechirildi.

🔹 Shuningdek, xotin-qizlarning huquqiy savodxonligini oshirish, oilalarda sog‘lom ma’naviy muhitni shakllantirish, ajrimlarning oldini olish, yosh qizlarni ta’limga keng jalb qilish hamda ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish yuzasidan olib borilayotgan targ‘ibot tadbirlari muhokama qilindi.

🔹 Yakunida hududda xotin-qizlar faolligini oshirish, ularning bandligini ta’minlash, tadbirkorlikka keng jalb etish hamda ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash mexanizmlarini yanada kuchaytirish bo‘yicha mas’ullarga tegishli tavsiya va topshiriqlar berildi.

Slide 1 of 4