Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Маърифат маҳалласида хотин-қизлар билан ишлаш фаолияти ўрганилди
янв.21
Халқаро лойиҳалар ижроси, янги спорт аренаси ва депутат фаолияти диққат марказида.
янв.21
Битирувчи ёшларнинг мақсадлари қўллаб-қувватланди
янв.21
Депутат назорати.
янв.21
Юқори маҳалласида “еттилик” ва фаоллар билан учрашув ўтказилди
янв.21
Ёшлар келажаги — эътибор марказида
янв.21
Депутат сўроваи
янв.21
Депутат сўрови
янв.21
Депутат сўрови натижаси.
янв.21
Депутат ёшлар билан
Viloyat Kengashi kotibiyati mudiri N.Karimova Zarbdor tumanida o'rganish ishlari olib bordi

Joriy yilning 5-may kuni Xalq deputatlari Jizzax viloyat Kengashi kotibiyati mudiri N.Karimova boshchiligidagi ishchi guruh Zarbdor tumanida bo‘ldi. Tashrif doirasida deputatlik nazoratini kuchaytirish hamda hududiy dasturlar ijrosini o‘rganishga qaratilgan qator tadbirlar o‘tkazildi.

"Taraqqiyot" mahallasi idorasida o‘tgan rasmiy uchrashuvda viloyat va tuman Kengashi deputatlari, ekspertlar guruhi, yoshlar maslahat guruhi hamda mahalla faollari ishtirok etishdi.

Yig‘ilishda quyidagi masalalar muhokama markazida bo‘ldi:
🔹 Normativ-huquqiy hujjatlar ijrosi: Senat Kengashining KQ-35-V-sonli qarori asosida "mahalla yettiligi" va mahalliy Kengashlar hamkorligining yangi mexanizmlari;
🔹 Ijtimoiy islohotlar: To‘y-hasham va oilaviy marosimlarni dabdabadan xoli, ixcham va kamharj o‘tkazish bo‘yicha targ‘ibot ishlarini kuchaytirish;
🔹 Faoliyat samaradorligi: Deputatlarning saylovchilar bilan muloqotini takomillashtirish va hududiy muammolarni tizimli tahlil qilish.

Uchrashuv davomida fuqarolarning murojaatlari tinglanib, ijtimoiy infratuzilmani yaxshilash va bandlikni ta’minlashga oid takliflar nazoratga olindi.

Slide 1 of 6