Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Маърифат маҳалласида хотин-қизлар билан ишлаш фаолияти ўрганилди
янв.21
Халқаро лойиҳалар ижроси, янги спорт аренаси ва депутат фаолияти диққат марказида.
янв.21
Битирувчи ёшларнинг мақсадлари қўллаб-қувватланди
янв.21
Депутат назорати.
янв.21
Юқори маҳалласида “еттилик” ва фаоллар билан учрашув ўтказилди
янв.21
Ёшлар келажаги — эътибор марказида
янв.21
Депутат сўроваи
янв.21
Депутат сўрови
янв.21
Депутат сўрови натижаси.
янв.21
Депутат ёшлар билан
“Kiberxavfsizlik to‘g‘risida”gi qonun ijrosi o‘rganildi

Xalq deputatlari Tuproqqal’a tuman Kengashi deputati J.Quryazov tomonidan tuman hokimligida O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 15-apreldagi “Kiberxavfsizlik to‘g‘risida”gi 764-sonli Qonuni ijrosi yuzasidan o‘rganish olib borildi.
O‘rganish davomida hokimlikning barcha xodimlari mazkur qonun talablari bilan tanishtirilgani, qonun ijrosini ta’minlash maqsadida targ‘ibot va tushuntirish ishlari muntazam tashkil etilgani ma’lum bo‘ldi. Shuningdek, davlat organlari hamda jismoniy va yuridik shaxslar bilan doimiy muloqot olib boruvchi xodimlar tomonidan ham kiberxavfsizlik bo‘yicha targ‘ibot ishlari amalga oshirilayotgani qayd etildi.
Jarayonda hokimlik xodimlari tomonidan kompyuter va boshqa orgtexnika vositalaridan foydalanishda belgilangan tartib-qoidalarga rioya qilinayotgani, O‘zbekiston Respublikasida foydalanishi taqiqlangan saytlarga kirish holatlari aniqlanmagani ta’kidlandi.
Yakunda deputat J.Quryazov tomonidan tuman hokimligida amalga oshirilayotgan ijobiy tajribalarni tumandagi barcha korxona, tashkilot va muassasalarda ham keng tatbiq etish yuzasidan tegishli taklif va tavsiyalar bildirildi. 

Slide 1 of 1