Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Маърифат маҳалласида хотин-қизлар билан ишлаш фаолияти ўрганилди
янв.21
Халқаро лойиҳалар ижроси, янги спорт аренаси ва депутат фаолияти диққат марказида.
янв.21
Битирувчи ёшларнинг мақсадлари қўллаб-қувватланди
янв.21
Депутат назорати.
янв.21
Юқори маҳалласида “еттилик” ва фаоллар билан учрашув ўтказилди
янв.21
Ёшлар келажаги — эътибор марказида
янв.21
Депутат сўроваи
янв.21
Депутат сўрови
янв.21
Депутат сўрови натижаси.
янв.21
Депутат ёшлар билан
Mahallaga biriktirilgan soliq inspektori faoliyati o‘rganildi

Xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashining 2026-yilga mo‘ljallangan ish rejasiga muvofiq O‘zbekiston Ekologik partiyasidan saylangan deputat Y.Narbekov tomonidan tumanning “Aydarali” mahallasiga biriktirilgan soliq inspektori J.Muratov faoliyati o‘rganildi.

🔵O‘rganish jarayonida mahallada soliq intizomini ta’minlash, tadbirkorlik subyektlari bilan olib borilayotgan ishlar, aholining soliq sohasiga oid murojaatlari hamda tushuntirish ishlarining samaradorligi tahlil qilindi.

🔵Deputat tomonidan ayniqsa o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar, kichik biznes va oilaviy tadbirkorlik subyektlarini qonuniy faoliyat yuritishga jalb etish, soliq to‘lovchilar uchun yaratilayotgan qulayliklar va elektron xizmatlardan foydalanish darajasiga alohida e’tibor qaratildi.

🔵Mahallada soliq madaniyatini oshirish, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash va qonuniy faoliyatni kengaytirish orqali hudud iqtisodiy barqarorligiga erishish muhim ahamiyat kasb etishi ta’kidlandi.

Slide 1 of 1