Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Маърифат маҳалласида хотин-қизлар билан ишлаш фаолияти ўрганилди
янв.21
Халқаро лойиҳалар ижроси, янги спорт аренаси ва депутат фаолияти диққат марказида.
янв.21
Битирувчи ёшларнинг мақсадлари қўллаб-қувватланди
янв.21
Депутат назорати.
янв.21
Юқори маҳалласида “еттилик” ва фаоллар билан учрашув ўтказилди
янв.21
Ёшлар келажаги — эътибор марказида
янв.21
Депутат сўроваи
янв.21
Депутат сўрови
янв.21
Депутат сўрови натижаси.
янв.21
Депутат ёшлар билан
MAHALLADAGI YOSHLAR YETAKCHISI TOMONIDAN AMALGA OSHIRILAYOTGAN TADBIRLAR SAMARADORLIGI, YOSHLAR BANDLIGI O‘RGANILDI.

Xalq deputatlari Parkent tuman Kengashiga 21-«Nevich» saylov okrugidan saylangan deputat Yoqubova Xusnora Abduxamidovna o‘zi saylangan okrugdagi Qizilsoy mahallasida bo‘lib, “Mahalla yettiligi” faoliyati bilan yaqindan tanishdi. O‘rganish jarayonida mahalladagi yoshlar yetakchisi tomonidan amalga oshirilayotgan tadbirlar samaradorligi hamda yoshlar bandligini ta’minlash borasida olib borilayotgan ishlar ko‘zdan kechirildi. Shuningdek, yoshlar o‘rtasida huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olish, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar muhokama qilindi. Yoshlar yetakchisi tomonidan Yoshlar daftariga kiritilgan yoshlarga ko‘rsatilayotgan amaliy yordamlar, amalga oshirilgan ishlar hamda tashkil etilgan tadbirlar yuzasidan batafsil ma’lumot berildi. Ma’lum bo‘lishicha, yil boshidan buyon og‘ir toifadagi 5 nafar yosh bilan individual ishlash yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, bugungi kunga qadar ularning 4 nafarining muammolari ijobiy hal etilgan, 1 nafar yoshning murojaati bo‘yicha ishlar esa jarayon davomida ekani
ta’kidlandi. Tadbir yakunida “Mahalla yettiligi” a’zolari bilan birgalikda aholini qiynab kelayotgan dolzarb muammolar muhokama qilinib, ularni bartaraf etish yuzasidan kelgusidagi ustuvor vazifalar belgilab olindi.
  

Slide 1 of 5