Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Хусусий шифохоналардаги тиббий хизмат сифати депутатлар назоратида
янв.21
“Инсон” ижтимоий хизматлар марказида коррупциявий омилларни бартараф этиш масалалари ўрганилди
янв.21
Депутат ёшлар билан учрашди
янв.21
Маърифат маҳалласида хотин-қизлар билан ишлаш фаолияти ўрганилди
янв.21
Халқаро лойиҳалар ижроси, янги спорт аренаси ва депутат фаолияти диққат марказида.
янв.21
Битирувчи ёшларнинг мақсадлари қўллаб-қувватланди
янв.21
Депутат назорати.
янв.21
Юқори маҳалласида “еттилик” ва фаоллар билан учрашув ўтказилди
янв.21
Ёшлар келажаги — эътибор марказида
янв.21
Депутат сўроваи
Samarqand viloyati deputati M.E.Po‘latov hamda Xalq deputatlari Samarqand shahar Kengashi deputati O.M.Pardayev ishtirokida xitoylik tadbirkorlar bilan ta’lim sohasiga investitsiya kiritish masalalariga bag‘ishlangan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Shuningdek, xitoylik investorlar bilan hamkorlikda yangi ta’lim loyihalarini amalga oshirish, xorijiy tajribani joriy etish, zamonaviy o‘quv jihozlari bilan ta’minlash hamda yoshlarning xalqaro standartlar asosida bilim olishi uchun zarur sharoitlar yaratish yuzasidan fikr almashildi.

Muzokaralar davomida professional ta’lim, axborot texnologiyalari, xorijiy tillarni o‘qitish va innovatsion yo‘nalishlarda qo‘shma dasturlarni yo‘lga qo‘yish masalalariga ham alohida e’tibor qaratildi.

Tomonlar ta’lim sohasiga investitsiyalarni keng jalb qilish, istiqbolli loyihalarni qo‘llab-quvvatlash hamda yoshlar uchun zamonaviy va raqobatbardosh ta’lim muhitini yaratish borasida o‘zaro hamkorlikni yanada mustahkamlashga tayyor ekanliklarini bildirdilar.

🇺🇿 Mazkur uchrashuv hududda ta’lim sifatini oshirish, xalqaro hamkorlikni rivojlantirish va yoshlarning zamonaviy bilim hamda ko‘nikmalarga ega bo‘lishi yo‘lida muhim qadam bo‘lib xizmat qilmoqda.

Slide 1 of 2