Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ДЕПУТАТ ВА САЙЛОВЧИЛАР УЧРАШУВИ
янв.21
МТТ ларда хавфсизлик талаблари депутат назоратида
янв.21
«Маҳалла еттилиги» фаолияти эътиборда.
янв.21
Хусусий шифохоналардаги тиббий хизмат сифати депутатлар назоратида
янв.21
“Инсон” ижтимоий хизматлар марказида коррупциявий омилларни бартараф этиш масалалари ўрганилди
янв.21
Депутат ёшлар билан учрашди
янв.21
Маърифат маҳалласида хотин-қизлар билан ишлаш фаолияти ўрганилди
янв.21
Халқаро лойиҳалар ижроси, янги спорт аренаси ва депутат фаолияти диққат марказида.
янв.21
Битирувчи ёшларнинг мақсадлари қўллаб-қувватланди
янв.21
Депутат назорати.
DOIMIY KOMISSIYANING YIG‘ILISHI BO‘LIB O‘TDI

 DOIMIY KOMISSIYANING YIG‘ILISHI BO‘LIB O‘TDI 

Xalq deputatlari Quva tuman Kengashining “Agrar, suv xo‘jaligi va ekologiya
masalalari bo‘yicha” doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. 

Yig‘ilish kun tartibida tumanda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil
7-iyuldagi “O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligini rivojlantirishning
2020–2030 yillarga mo‘ljallangan strategiyasida belgilangan vazifalar ijrosini
samarali tashkil etishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”
PQ–273-son Qarori ijrosi yuzasidan tuman hokimi o‘rinbosarining hisoboti
o‘rganildi. 

Hisobotda qishloq xo‘jaligi sohasida amalga oshirilayotgan ishlar, erishilgan natijalar,
mavjud muammolar va ularni bartaraf etish choralari haqida atroflicha ma’lumot
berildi. Yig‘ilish ishtirokchilari tomonidan mazkur masala yuzasidan
batafsil muhokamalar olib borilib, sohadagi kamchiliklar, ularning sabablari
hamda amaliy yechimlari yuzasidan taklif va mulohazalar bildirildi. 

Muhokamalar davomida yer va suv resurslaridan samarali
foydalanish, agrotexnologiyalarni joriy etish, fermer va dehqon xo‘jaliklarini
qo‘llab-quvvatlash, ekologik barqarorlikni ta’minlash kabi masalalarga alohida
e’tibor qaratildi. 

Yig‘ilish yakunida kun tartibidagi masala yuzasidan tegishli
qaror qabul qilinib, mas’ullarga aniq vazifalar belgilab berildi.  

Slide 1 of 3