Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ДЕПУТАТ ВА САЙЛОВЧИЛАР УЧРАШУВИ
янв.21
МТТ ларда хавфсизлик талаблари депутат назоратида
янв.21
«Маҳалла еттилиги» фаолияти эътиборда.
янв.21
Хусусий шифохоналардаги тиббий хизмат сифати депутатлар назоратида
янв.21
“Инсон” ижтимоий хизматлар марказида коррупциявий омилларни бартараф этиш масалалари ўрганилди
янв.21
Депутат ёшлар билан учрашди
янв.21
Маърифат маҳалласида хотин-қизлар билан ишлаш фаолияти ўрганилди
янв.21
Халқаро лойиҳалар ижроси, янги спорт аренаси ва депутат фаолияти диққат марказида.
янв.21
Битирувчи ёшларнинг мақсадлари қўллаб-қувватланди
янв.21
Депутат назорати.
O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni ijrosi yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.

Xalq deputatlari Hazorasp tuman Kengashi Kotibiyat mudiri Vaisov Mash’al Islomovich tashabbusi bilan tuman Kengashi deputatlari Abdukarimov Valibek Erkaboevich, Atanazarova Manzura Rajabboevna hamda Ataboev Sarvar Baxodirovichlar tomonidan ❗️Hazorasp tumanidagi 21-son umumta’lim maktabida O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni ijrosi yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.
📝O‘rganish jarayonida maktabdagi ta’lim sifati, o‘quvchilarga yaratilgan sharoitlar, pedagog xodimlarning faoliyati, dars jarayonlarining tashkil etilishi hamda qonun talablarining amaliy ijrosi tanqidiy va tahliliy ruhda ko‘rib chiqildi.
📁Shuningdek, maktab infratuzilmasi, sinf xonalari holati, hujjatlar yuritilishi va o‘quv-tarbiya jarayonidagi ayrim kamchiliklar aniqlanib, ular yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi. Aniqlangan ayrim muammolar joyida bartaraf etilib, ta’lim sifatini yanada oshirish bo‘yicha zarur choralar belgilab olindi.
✅Ta’kidlanganidek, yosh avlodga sifatli ta’lim berish, ularni zamonaviy bilim va ko‘nikmalar asosida tarbiyalash bugungi kunning ustuvor vazifalaridan biri hisoblanadi. Shu bois ta’lim muassasalarida qonun ijrosi ustidan jamoatchilik nazoratini kuchaytirish va mavjud muammolarni o‘z vaqtida hal etish borasidagi ishlar davom ettiriladi.

Slide 1 of 1