Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ДЕПУТАТ ВА САЙЛОВЧИЛАР УЧРАШУВИ
янв.21
МТТ ларда хавфсизлик талаблари депутат назоратида
янв.21
«Маҳалла еттилиги» фаолияти эътиборда.
янв.21
Хусусий шифохоналардаги тиббий хизмат сифати депутатлар назоратида
янв.21
“Инсон” ижтимоий хизматлар марказида коррупциявий омилларни бартараф этиш масалалари ўрганилди
янв.21
Депутат ёшлар билан учрашди
янв.21
Маърифат маҳалласида хотин-қизлар билан ишлаш фаолияти ўрганилди
янв.21
Халқаро лойиҳалар ижроси, янги спорт аренаси ва депутат фаолияти диққат марказида.
янв.21
Битирувчи ёшларнинг мақсадлари қўллаб-қувватланди
янв.21
Депутат назорати.
AHOLIGA KO‘RSATILAYOTGAN TIBBIY XIZMATLAR SIFATI O‘RGANILDI

 AHOLIGA KO‘RSATILAYOTGAN TIBBIY XIZMATLAR SIFATI O‘RGANILDI 

Xalq deputatlari Quva tuman Kengashi deputati Y.Axmadaliyev tomonidan tumandagi
20-son Oilaviy poliklinika faoliyatni oʻrganildi. 

Bunda asosiy eʼtibor poliklinikada aholiga koʻrsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifati,
dori-darmon taʼminotining uzluksizligi, bemorlarga yaratilgan shart-sharoitlar
hamda tibbiyot xodimlarining masʼuliyatli faoliyatiga qaratildi. 

Aytish joizki, mazkur poliklinika bugungi kunda 15 nafar malakali tibbiyot xodimlari tomonidan hududdagi 6728 nafar
aholiga tibbiy xizmat koʻrsatmoqda. 

Oʻrganish davomida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yildan “Birlamchi
tibbiy-sanitariya yordami muassasalarida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat
byudjeti hisobidan qoplanadigan tibbiy yordamning kafolatlangan hajmlarini
tasdiqlash toʻgʻrisida” 382-son Qaroriga muvofiq ijtimoiy sugʻurta fondi
hisobidan dori-darmon vositalari uchun ajratilgani 12.564.000 soʻm miqdoridagi
pul mablagʻi hamda ushbu mablagʻlarni maqsadli va samarali sarflanish holati
ham tahlil qilindi. 

Shuningdek, poliklinikaga murojaat bilan kelgan fuqarolar bilan suhbatlar qurildi va
ularning fikrlari ham oʻrganilib, deputat tomonidan aholiga sifatli va
zamonaviy tibbiy xizmat koʻrsatishni yanada takomillashtirish, ajratilgan
mablagʻlardan oqilona va samarali foydalanishni taʼminlash, shuningdek,
dori-darmon taʼminotida uzilishlarga yoʻl qoʻymaslik hamda aholi murojaatlariga
oʻz vaqtida yechim topish yuzasidan poliklinika rahbariyatiga tegishli tavsiya
va takliflar berildi.  

Slide 1 of 4