Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ДЕПУТАТ ВА САЙЛОВЧИЛАР УЧРАШУВИ
янв.21
МТТ ларда хавфсизлик талаблари депутат назоратида
янв.21
«Маҳалла еттилиги» фаолияти эътиборда.
янв.21
Хусусий шифохоналардаги тиббий хизмат сифати депутатлар назоратида
янв.21
“Инсон” ижтимоий хизматлар марказида коррупциявий омилларни бартараф этиш масалалари ўрганилди
янв.21
Депутат ёшлар билан учрашди
янв.21
Маърифат маҳалласида хотин-қизлар билан ишлаш фаолияти ўрганилди
янв.21
Халқаро лойиҳалар ижроси, янги спорт аренаси ва депутат фаолияти диққат марказида.
янв.21
Битирувчи ёшларнинг мақсадлари қўллаб-қувватланди
янв.21
Депутат назорати.
“Oila — jamiyat tayanchi”

“Oila — jamiyat tayanchi”

Joriy yilning 14-may kuni tumandagi 9-son umumiy o‘rta ta’lim maktabida “Oila — jamiyat tayanchi” mavzusida yoshlar bilan uchrashuv va davra suhbati tashkil etildi. Tadbirda Xalq deputatlari Qo‘shko‘pir tuman Kengashi deputati Ibragimova Nilufar Ergashovna, mahalla faollari hamda yoshlar yetakchilari ishtirok etdilar.

Tadbir davomida deputat tomonidan yosh avlodga oilaning jamiyat hayotidagi o‘rni, milliy qadriyatlarimizni asrab-avaylash, oilaviy munosabatlarda hurmat va mas’uliyat muhimligi, shuningdek, yoshlarni mustaqil hayotga tayyorlash masalalari yuzasidan atroflicha tushunchalar berildi.

Shuningdek, erta nikohning salbiy oqibatlari, sog‘lom turmush tarzini shakllantirish hamda yoshlarning ma’naviy-axloqiy tarbiyasini yuksaltirish borasida fikr almashildi.

Uchrashuv davomida yoshlar kitobxonlikka, kasb-hunar egallashga hamda vatanparvarlik ruhida tarbiyalanishga da’vat etildi. Tadbir yakunida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javob oldilar.

 

Slide 1 of 1