Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ДЕПУТАТ ВА САЙЛОВЧИЛАР УЧРАШУВИ
янв.21
МТТ ларда хавфсизлик талаблари депутат назоратида
янв.21
«Маҳалла еттилиги» фаолияти эътиборда.
янв.21
Хусусий шифохоналардаги тиббий хизмат сифати депутатлар назоратида
янв.21
“Инсон” ижтимоий хизматлар марказида коррупциявий омилларни бартараф этиш масалалари ўрганилди
янв.21
Депутат ёшлар билан учрашди
янв.21
Маърифат маҳалласида хотин-қизлар билан ишлаш фаолияти ўрганилди
янв.21
Халқаро лойиҳалар ижроси, янги спорт аренаси ва депутат фаолияти диққат марказида.
янв.21
Битирувчи ёшларнинг мақсадлари қўллаб-қувватланди
янв.21
Депутат назорати.
Deputat faoliyatidan

Qo‘shko‘pirlik yosh sportchilarning O‘zbekiston chempionatidagi munosib ishtiroki va qo‘lga kiritgan yutuqlari barchamiz uchun yuksak faxr va g‘ururdir.
Toshkent shahrida o‘tkazilgan sportning Ushu turi bo‘yicha mamlakat chempionatida tumanimiz vakillarining sovrindorlar safidan joy olgani — yoshlarimizning qat’iyati, murabbiylarning fidokorona mehnati hamda yurtimizda sportga qaratilayotgan yuksak e’tiborning amaliy natijasidir.
Ayniqsa, Sobirova Zuxraxon va Komiljonov Elbekning kumush medal, Kenjayeva Dilnura hamda Farxodbekova Gulinozning bronza medalni qo‘lga kiritgani Qo‘shko‘pir yoshlari har qanday maydonda munosib raqobat qila olishini yana bir bor namoyon etdi.
Xalq deputatlari Qo‘shko‘pir tuman Kengashi deputati sifatida barcha sportchilarimizni, ularning ota-onalari va murabbiylarini ushbu muvaffaqiyat bilan samimiy muborakbod etaman. Kelgusida xalqaro maydonlarda ham Vatanimiz bayrog‘ini baland ko‘tarasizlar.
Anvar Jumaniyazov,
Xalq deputatlari Qo‘shko‘pir tuman Kengashi deputati