Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ДЕПУТАТ ВА САЙЛОВЧИЛАР УЧРАШУВИ
янв.21
МТТ ларда хавфсизлик талаблари депутат назоратида
янв.21
«Маҳалла еттилиги» фаолияти эътиборда.
янв.21
Хусусий шифохоналардаги тиббий хизмат сифати депутатлар назоратида
янв.21
“Инсон” ижтимоий хизматлар марказида коррупциявий омилларни бартараф этиш масалалари ўрганилди
янв.21
Депутат ёшлар билан учрашди
янв.21
Маърифат маҳалласида хотин-қизлар билан ишлаш фаолияти ўрганилди
янв.21
Халқаро лойиҳалар ижроси, янги спорт аренаси ва депутат фаолияти диққат марказида.
янв.21
Битирувчи ёшларнинг мақсадлари қўллаб-қувватланди
янв.21
Депутат назорати.
🟢 Deputatlik so‘rovi: Yo‘l xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha chora-tadbirlar ko‘riladi

Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi deputati Kalandarov Azamat Shermetovich tomonidan Shovot tumani yo‘llardan foydalanish davlat muassasasi direktori M. Saidov nomiga rasmiy deputat so‘rovi yuborildi.
🚧 Asosiy muammo:
4R159 “Urganch shahri – Shovot shahri – Turkmaniston chegarasi” avtomobil yo‘lining Royat va Guliston mahallalari hududidan o‘tuvchi qismida piyodalar o‘tish joylaridagi yo‘l chiziqlari eskirganligi sababli deyarli ko‘rinmay qolgan. Mazkur hududdan maktab o‘quvchilari, nuroniylar hamda mahalla aholisi muntazam ravishda yo‘lni kesib o‘tadi. Bu esa fuqarolar xavfsizligiga jiddiy tahdid tug‘dirmoqda.
📌 Deputat so‘rovi talablari:
— Piyodalar o‘tish joylaridagi yo‘l chiziqlarini yangidan chizish;
— Zarur yo‘l belgilari va ogohlantiruvchi ishoralarni o‘rnatish;
— Maktab o‘quvchilarining xavfsiz qatnovini ta’minlash;
— Yo‘l-transport hodisalarining oldini olishga qaratilgan tegishli choralarni ko‘rish.
⚖️ Qonunchilikka muvofiq, deputat so‘roviga 10 kun muddat ichida yozma javob berilishi belgilangan bo‘lib, ushbu muddat buzilgan taqdirda mas’ul shaxslarga nisbatan qonuniy choralar qo‘llanilishi mumkin.
📊 Xulosa:
Yo‘l infratuzilmasini yaxshilash — aholining xavfsizligi va qulayligini ta’minlashning muhim omillaridan biridir. Mazkur tashabbusning ijobiy natija berishiga umid bildiriladi.

Slide 1 of 2