Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ДЕПУТАТ ВА САЙЛОВЧИЛАР УЧРАШУВИ
янв.21
МТТ ларда хавфсизлик талаблари депутат назоратида
янв.21
«Маҳалла еттилиги» фаолияти эътиборда.
янв.21
Хусусий шифохоналардаги тиббий хизмат сифати депутатлар назоратида
янв.21
“Инсон” ижтимоий хизматлар марказида коррупциявий омилларни бартараф этиш масалалари ўрганилди
янв.21
Депутат ёшлар билан учрашди
янв.21
Маърифат маҳалласида хотин-қизлар билан ишлаш фаолияти ўрганилди
янв.21
Халқаро лойиҳалар ижроси, янги спорт аренаси ва депутат фаолияти диққат марказида.
янв.21
Битирувчи ёшларнинг мақсадлари қўллаб-қувватланди
янв.21
Депутат назорати.
📌 Kambag‘allikni qisqartirish va aholi bandligini ta’minlash bo‘yicha hisobot ko‘rib chiqildi


Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashining VII-25-54-12-177-K/26-sonli qarori asosida tuman Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi boshlig‘i U. Babajanovning 2026-yil 1-choragidagi faoliyati yuzasidan hisoboti muhokama qilindi.

Hisobotda qayd etilishicha, yil boshidan buyon:
🔹 217 nafar fuqaro doimiy ishga joylashtirilgan;
🔹 1 049 nafar fuqaro tadbirkorlikka jalb qilingan;
🔹 93 nafar fuqaroga kredit va subsidiyalar ajratilgan.

Amalga oshirilgan ishlar natijasida tumandagi kambag‘allik darajasi 9,5 foizdan 8,8 foizga kamaygan.

Shuningdek, qaror bilan mutasaddi tashkilotlarga kambag‘al oilalar bilan manzilli ishlashni kuchaytirish, yangi ish o‘rinlari yaratish hamda aholi daromadlarini oshirish bo‘yicha tegishli vazifalar belgilab berildi.