Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ДЕПУТАТ ВА САЙЛОВЧИЛАР УЧРАШУВИ
янв.21
МТТ ларда хавфсизлик талаблари депутат назоратида
янв.21
«Маҳалла еттилиги» фаолияти эътиборда.
янв.21
Хусусий шифохоналардаги тиббий хизмат сифати депутатлар назоратида
янв.21
“Инсон” ижтимоий хизматлар марказида коррупциявий омилларни бартараф этиш масалалари ўрганилди
янв.21
Депутат ёшлар билан учрашди
янв.21
Маърифат маҳалласида хотин-қизлар билан ишлаш фаолияти ўрганилди
янв.21
Халқаро лойиҳалар ижроси, янги спорт аренаси ва депутат фаолияти диққат марказида.
янв.21
Битирувчи ёшларнинг мақсадлари қўллаб-қувватланди
янв.21
Депутат назорати.
Deputatlar “Uch avlod uchrashuvi” tadbirida ishtirok etdilar

Bo‘stonliq tumanida yoshlar, nuroniylar va faol jamoatchilik vakillarini bir maqsad atrofida birlashtirgan “Uch avlod uchrashuvi” tadbiri yuqori saviyada tashkil etildi. Mazkur tadbirda tuman hokimligi mutasaddilari, tuman Kengashi deputatlari, mehnat faxriylari, mahalla faollari, yoshlar hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdilar.

🔵Tadbirdan ko‘zlangan asosiy maqsad – katta avlodning hayotiy tajribasini yoshlarga yetkazish, avlodlar o‘rtasidagi vorisiylik an’analarini mustahkamlash, yoshlarni vatanparvarlik, milliy qadriyatlarga hurmat va insoniy fazilatlar ruhida tarbiyalashdan iborat bo‘ldi.

🔵Uchrashuv davomida so‘zga chiqqan tuman Kengashi raisi O.Babayev, tuman hokimi – deputat J.Axmedov bugungi tinch va osoyishta hayot, yurtimizda inson qadrini ulug‘lash, ayniqsa, yoshlarga yaratilayotgan imkoniyatlar xususida fikr bildirib, yoshlarni yurt taraqqiyotiga daxldorlik hissi bilan yashashga chaqirdilar. Shuningdek, nuroniylar tomonidan hayot saboqlari, mehnat faoliyati davomida orttirilgan tajribalar va milliy qadriyatlar haqida samimiy suhbatlar qilindi.

🔵Tadbirda ishtirok etgan yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar, nuroniylar va deputatlar bilan ochiq muloqot qilish imkoniga ega bo‘ldilar. Uchrashuv davomida avlodlar o‘rtasidagi o‘zaro hurmat va mehr-oqibat muhitini yanada mustahkamlashga xizmat qiluvchi fikr va takliflar bildirildi.

🔵Tadbir ko‘tarinki kayfiyat va samimiy muhitda o‘tib, ishtirokchilarda unutilmas taassurot qoldirdi.

Slide 1 of 9