Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ДЕПУТАТ ВА САЙЛОВЧИЛАР УЧРАШУВИ
янв.21
МТТ ларда хавфсизлик талаблари депутат назоратида
янв.21
«Маҳалла еттилиги» фаолияти эътиборда.
янв.21
Хусусий шифохоналардаги тиббий хизмат сифати депутатлар назоратида
янв.21
“Инсон” ижтимоий хизматлар марказида коррупциявий омилларни бартараф этиш масалалари ўрганилди
янв.21
Депутат ёшлар билан учрашди
янв.21
Маърифат маҳалласида хотин-қизлар билан ишлаш фаолияти ўрганилди
янв.21
Халқаро лойиҳалар ижроси, янги спорт аренаси ва депутат фаолияти диққат марказида.
янв.21
Битирувчи ёшларнинг мақсадлари қўллаб-қувватланди
янв.21
Депутат назорати.
Avtomobil yo‘llarining qurilish ishlari o‘rganildi

🔷Xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashining 2026-yilga mo‘ljallangan ish rejasiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 27-dekabrdagi “2026 – 2028-yillarda O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-393-sonli qaroriga asosan respublika ahamiyatiga ega bo‘lgan D006 va D014 avtomobil yo‘llarini G‘azalkent shahri yaqinida bir-biriga bog‘lash bo‘yicha olib borilayotgan ishlar O‘zbekiston Liberal demokratik partiyasidan saylangan deputat A.Kulbayev tomonidan kotibiyat xodimi M.Tursunbayeva ishtirokida o‘rganildi.

🔷O‘rganish jarayonida mas’ul tashkilot vakillari hamda pudratchilar bilan muloqot qilinib, qurilish ishlarining bugungi holati, bajarilayotgan texnik jarayonlar, belgilangan muddatlar hamda sifat masalalari yuzasidan fikr almashildi.

🔷Ta’kidlanganidek, mazkur yo‘llar tutashuvi hududda transport oqimini tartibga solish, harakatlanish uchun qulaylik yaratish, shuningdek, G‘azalkent shahri va Bo‘stonliq tumanining boshqa hududlari o‘rtasidagi transport aloqalarini yanada yaxshilashda muhim ahamiyat kasb etadi.

🔷O‘rganish davomida deputat tomonidan qurilish ishlarini belgilangan grafik asosida va sifat talablariga to‘liq rioya qilgan holda olib borish, aholi va haydovchilar uchun xavfsizlik choralarini kuchaytirish, yo‘l atrofini obodonlashtirish ishlariga ham alohida e’tibor qaratish yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.

🔷Shuningdek, loyihaning o‘z vaqtida va sifatli yakunlanishi hududda iqtisodiy faollikni oshirish, turizm salohiyatini rivojlantirish hamda aholiga yanada qulay transport infratuzilmasini yaratishga xizmat qilishi qayd etildi.

Slide 1 of 8