Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ДЕПУТАТ ВА САЙЛОВЧИЛАР УЧРАШУВИ
янв.21
МТТ ларда хавфсизлик талаблари депутат назоратида
янв.21
«Маҳалла еттилиги» фаолияти эътиборда.
янв.21
Хусусий шифохоналардаги тиббий хизмат сифати депутатлар назоратида
янв.21
“Инсон” ижтимоий хизматлар марказида коррупциявий омилларни бартараф этиш масалалари ўрганилди
янв.21
Депутат ёшлар билан учрашди
янв.21
Маърифат маҳалласида хотин-қизлар билан ишлаш фаолияти ўрганилди
янв.21
Халқаро лойиҳалар ижроси, янги спорт аренаси ва депутат фаолияти диққат марказида.
янв.21
Битирувчи ёшларнинг мақсадлари қўллаб-қувватланди
янв.21
Депутат назорати.
Deputatlar Front orti fidoyilariga e’zoz va e’tibor qarotmoqda

Shu munosabat bilan “Qoratepa” mahallasida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi. Unda Xalq deputatlari Surxondaryo viloyat Kengashi deputati A. Oripov hamda Xalq deputatlari Oltinsoy tuman Kengashi deputati Yu. Hakimovlar ishtirok etishdi. 

Tadbir doirasida mahallada yashovchi 96 yoshli Musayev Eshqul bobo va 97 yoshli Choriyev Yangiboy bobolar xonadoniga tashrif buyurilib, ularning holidan xabar olindi. Suhbatlar davomida nuroniylar o‘tmish xotiralarini yodga olib, urush yillaridagi mashaqqatli mehnat, sabr-toqat va matonat haqida so‘zlab berishdi. 

Ma’lumki, urush yillarida bugungi nuroniylarimiz hali yosh bo‘lishiga qaramasdan, front ortida sidqidildan mehnat qilganlar. Ular kolxoz va sovxozlarda ishlab, front uchun oziq-ovqat va zarur xomashyo tayyorlashda faol qatnashgan, paxta va g‘alla yetishtirishda munosib hissa qo‘shgan. Aynan shunday fidokorona mehnat tufayli frontdagi askarlar ta’minlanib, g‘alabaga erishishda mustahkam tayanch yaratilgan. 

Tashrif chog‘ida deputatlar tomonidan nuroniylarga hurmat-ehtirom ko‘rsatilib, ularga samimiy tilaklar bildirildi. Shuningdek, keksa avlod vakillarining hayotiy tajribasi, jasorati va mehnatsevarligi yoshlar uchun ibrat maktabi ekani alohida ta’kidlandi. 

Bunday e’tibor va g‘amxo‘rlik yurtimizda inson qadrini ulug‘lash, ayniqsa katta avlod vakillarini ardoqlash borasida amalga oshirilayotgan ezgu ishlar samarasidir.
Zero, nuroniylar — xalqimiz tarixining tirik guvohlari, ularning hayot yo‘li esa kelajak avlod uchun bebaho saboqdir.
  

Slide 1 of 6