Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ДЕПУТАТ ВА САЙЛОВЧИЛАР УЧРАШУВИ
янв.21
МТТ ларда хавфсизлик талаблари депутат назоратида
янв.21
«Маҳалла еттилиги» фаолияти эътиборда.
янв.21
Хусусий шифохоналардаги тиббий хизмат сифати депутатлар назоратида
янв.21
“Инсон” ижтимоий хизматлар марказида коррупциявий омилларни бартараф этиш масалалари ўрганилди
янв.21
Депутат ёшлар билан учрашди
янв.21
Маърифат маҳалласида хотин-қизлар билан ишлаш фаолияти ўрганилди
янв.21
Халқаро лойиҳалар ижроси, янги спорт аренаси ва депутат фаолияти диққат марказида.
янв.21
Битирувчи ёшларнинг мақсадлари қўллаб-қувватланди
янв.21
Депутат назорати.
Deputat so‘rovi ijrosi: mahalladagi ekologik muammo bartaraf etildi

2026-yil 10-aprel kuni Shayxlar saylov okrugidan tuman Kengashiga deputat Akbar Bekchonov tomonidan N34-sonli mahalladagi ekologik holat yuzasidan deputat so‘rovi yuborilgan edi. Unda hududda mavjud qurigan va zararkunandalar bilan zararlangan daraxtlar aholi xavfsizligiga hamda atrof-muhitga salbiy ta’sir ko‘rsatayotgani ta’kidlangan.

Mazkur murojaat asosida tuman Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish inspeksiyasi xodimlari tomonidan joyiga chiqib, o‘rganish ishlari olib borildi. O‘rganish natijalariga ko‘ra, so‘rovnomada keltirilgan holatlar to‘liq o‘z tasdig‘ini topdi.

Shundan so‘ng muammoni bartaraf etish maqsadida mahalla fuqarolar yig‘ini raisi boshchiligida mahalla faollari jalb qilinib, hududdagi qurigan va qurt bosgan daraxtlar joyida kesib tashlandi hamda hudud tozalandi.

Shuningdek, tuman Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish bo‘limi rahbari A. Qilichev tomonidan hududda ekologik barqarorlikni ta’minlash, yashil hududlarni asrash va kelgusida bunday holatlarning oldini olish yuzasidan tegishli ko‘rsatma hamda amaliy tavsiyalar berildi.

Amalga oshirilgan chora-tadbirlar natijasida mahalladagi ekologik holat yaxshilanib, aholi uchun yanada qulay va xavfsiz muhit yaratildi.

Slide 1 of 2