Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ДЕПУТАТ ВА САЙЛОВЧИЛАР УЧРАШУВИ
янв.21
МТТ ларда хавфсизлик талаблари депутат назоратида
янв.21
«Маҳалла еттилиги» фаолияти эътиборда.
янв.21
Хусусий шифохоналардаги тиббий хизмат сифати депутатлар назоратида
янв.21
“Инсон” ижтимоий хизматлар марказида коррупциявий омилларни бартараф этиш масалалари ўрганилди
янв.21
Депутат ёшлар билан учрашди
янв.21
Маърифат маҳалласида хотин-қизлар билан ишлаш фаолияти ўрганилди
янв.21
Халқаро лойиҳалар ижроси, янги спорт аренаси ва депутат фаолияти диққат марказида.
янв.21
Битирувчи ёшларнинг мақсадлари қўллаб-қувватланди
янв.21
Депутат назорати.
Suv resurslaridan samarali foydalanish – ustuvor vazifa

Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashining Agrar, suv xo‘jaligi va ekologiya masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi tomonidan navbatdagi yig‘ilish o‘tkazildi. Unda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026 yil 5 fevraldagi “Suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-47-sonli qarori ijrosi yuzasidan tumanda amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi.

✔️Yig‘ilishda tuman suv yetkazib berish xizmati davlat muassasasi direktori D.Marupovaning hisoboti tinglandi. Hisobotda qayd etilganidek, qaror ijrosini ta’minlash maqsadida tumanda suv resurslaridan oqilona va tejamkor foydalanish, suv yo‘qotishlarini kamaytirish hamda irrigatsiya tizimlarini modernizatsiya qilish bo‘yicha qator ishlar amalga oshirilmoqda.

✔️Jumladan, mavjud suv inshootlarini ta’mirlash, kanal va ariqlarni tozalash, suv o‘lchash uskunalarini joriy etish, shuningdek, suvdan foydalanish madaniyatini oshirishga qaratilgan targ‘ibot ishlari kuchaytirilgani ta’kidlandi. Shu bilan birga, ayrim hududlarda suv taqsimoti va nazoratida muammolar mavjudligi ham qayd etildi.

✔️Komissiya a’zolari tomonidan hisobot yuzasidan savollar berilib, takliflar ilgari surildi. Xususan, suv resurslarini boshqarishda raqamli texnologiyalarni keng joriy etish, fermer xo‘jaliklari bilan hamkorlikni mustahkamlash va suvdan samarali foydalanish bo‘yicha aniq chora-tadbirlarni belgilash zarurligi ta’kidlandi.

✔️Yig‘ilish yakunida mazkur qaror ijrosini yanada samarali tashkil etish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi hamda mas’ul tashkilotlarga aniq vazifalar yuklatildi.

Slide 1 of 5