Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ДЕПУТАТ ВА САЙЛОВЧИЛАР УЧРАШУВИ
янв.21
МТТ ларда хавфсизлик талаблари депутат назоратида
янв.21
«Маҳалла еттилиги» фаолияти эътиборда.
янв.21
Хусусий шифохоналардаги тиббий хизмат сифати депутатлар назоратида
янв.21
“Инсон” ижтимоий хизматлар марказида коррупциявий омилларни бартараф этиш масалалари ўрганилди
янв.21
Депутат ёшлар билан учрашди
янв.21
Маърифат маҳалласида хотин-қизлар билан ишлаш фаолияти ўрганилди
янв.21
Халқаро лойиҳалар ижроси, янги спорт аренаси ва депутат фаолияти диққат марказида.
янв.21
Битирувчи ёшларнинг мақсадлари қўллаб-қувватланди
янв.21
Депутат назорати.
Xalq deputatlari Qo‘qon shahar kengashining "Reglament va deputatlik odob-axloqiy masalallari" doimiy komissiyasining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar kengashining "Reglament va deputatlik odob-axloqiy masalallari" doimiy komissiyasining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

 Yig‘ilish davomida Kengash deputatlarining aprel oyidagi faoliyati atroflicha muhokama qilinib, amalga oshirilgan ishlar, saylov okruglarida olib borilgan uchrashuvlar hamda fuqarolar murojaatlari bilan ishlash holati tahlil etildi.

Deputatlar tomonidan aprel oyida 13 marotaba deputatlik so'rovi yuborilgan bo'lib, bu ko'rsatgich mart oyiga nisbatan oshganini, qolaversa deputatlar tomonidan o'zi saylangan mahalla fuqarolar yig'inlarida belgilangan uchrashuvlarda muntazam qatnashib kelayotganliklari ta'kidlab o'tildi.

 Shuningdek, deputatlik faoliyatida intizom va mas’uliyatni yanada oshirish, deputatlik odob-axloq qoidalariga qat’iy rioya etish, aholining ishonchini mustahkamlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

May oyi yakunlari bo‘yicha bo'lib o'tishi rejalashtirilgan doimiy komissiya yig‘ilishiga qadar deputatlar tomonidan saylov okruglarida aholi bilan muloqotlarni faollashtirish, fuqarolar murojaatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish hamda ularning yechimini ta’minlash bo‘yicha ishlarni tizimli tashkil etish ishlarini yanada kuchaytirish borasida kelishib olindi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

📱Telegram (https://t.me/kokand_kengash) | 📱Facebook (https://www.facebook.com/share/g/14V5hNgnHgx/) | 📱YouTube (https://youtube.com/@xalqdeputatlariqoqonshaharkeng?si=FhRuB8dX71FB0t0K) | 📱Instagram (https://www.instagram.com/invites/contact/?utm_source=ig_contact_invite&utm_medium=copy_link&utm_content=1110dzf4)

Slide 1 of 3