Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ДЕПУТАТ ВА САЙЛОВЧИЛАР УЧРАШУВИ
янв.21
МТТ ларда хавфсизлик талаблари депутат назоратида
янв.21
«Маҳалла еттилиги» фаолияти эътиборда.
янв.21
Хусусий шифохоналардаги тиббий хизмат сифати депутатлар назоратида
янв.21
“Инсон” ижтимоий хизматлар марказида коррупциявий омилларни бартараф этиш масалалари ўрганилди
янв.21
Депутат ёшлар билан учрашди
янв.21
Маърифат маҳалласида хотин-қизлар билан ишлаш фаолияти ўрганилди
янв.21
Халқаро лойиҳалар ижроси, янги спорт аренаси ва депутат фаолияти диққат марказида.
янв.21
Битирувчи ёшларнинг мақсадлари қўллаб-қувватланди
янв.21
Депутат назорати.
Deputat tashabbusi bilan sog’lom ovqatlanish tadbiri tashkil qilindi.

Aholi salomatligini mustahkamlash, sog’lom turmush tarzini keng targ’ib etish hamda to’g’ri ovqatlanish madaniyatini shakllantirish maqsadida 11-Toshrabot saylov okrugi deputat M.Umurova tashabbusi bilan sog’lom ovqatlanishga bag’ishlangan keng qamrovli tadbir tashkil qilindi. Tadbirda “MADAD” NNT tuman huquqiy maslahat byurosi bosh mutaxassisi M.Fatullayev ishtirok etdi.

Tadbirda mahalla aholisi, xotin-qizlar, yoshlar hamda tibbiyot sohasi vakillari ishtirok etib, sog’lom ovqatlanishning inson hayotidagi o’rni va ahamiyati atroflicha muhokama qilindi. Mutaxassislar tomonidan kundalik rasionni to’g’ri tuzish, organizm uchun zarur bo’lgan vitamin va minerallarga boy mahsulotlarni tanlash, ortiqcha yog’li va sun’iy qo’shimchalarga boy oziq-ovqatlardan cheklanish bo’yicha amaliy tavsiyalar berildi.

Shuningdek, tadbir davomida noto’g’ri ovqatlanish natijasida kelib chiqadigan yurak-qon tomir kasalliklari, qandli diabet va ortiqcha vazn kabi muammolarning oldini olish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Ishtirokchilarga sog’lom turmush tarzini yo’lga qo’yish, jismoniy faollikni oshirish hamda tozalik va gigiyena qoidalariga amal qilish muhimligi tushuntirildi.

Bunday tadbirlar aholi o’rtasida sog’lom ovqatlanish madaniyatini yuksaltirish, kasalliklarning oldini olish va jamiyatda sog’lom muhitni shakllantirishga xizmat qilishi bilan ahamiyatlidir.
 

Slide 1 of 1