Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ДЕПУТАТ ВА САЙЛОВЧИЛАР УЧРАШУВИ
янв.21
МТТ ларда хавфсизлик талаблари депутат назоратида
янв.21
«Маҳалла еттилиги» фаолияти эътиборда.
янв.21
Хусусий шифохоналардаги тиббий хизмат сифати депутатлар назоратида
янв.21
“Инсон” ижтимоий хизматлар марказида коррупциявий омилларни бартараф этиш масалалари ўрганилди
янв.21
Депутат ёшлар билан учрашди
янв.21
Маърифат маҳалласида хотин-қизлар билан ишлаш фаолияти ўрганилди
янв.21
Халқаро лойиҳалар ижроси, янги спорт аренаси ва депутат фаолияти диққат марказида.
янв.21
Битирувчи ёшларнинг мақсадлари қўллаб-қувватланди
янв.21
Депутат назорати.
Xalq deputatlari Sardoba tuman Kengashi

Xalq deputatlari Sardoba tumani Kengashi deputati N.Xamidova O‘zLiDeP Sirdaryo viloyat hamda Sardoba tuman Kengashi tashabbusi bilan “Ishbilarmon ayol–2026” ko‘rik-tanlovining mahalla bosqichlari qizg‘in va mazmunli ruhda o‘tkazilmoqda. Tanlov jarayonida mahallalarda faoliyat yuritayotgan tadbirkor xotin-qizlarning ish tajribasi, tashabbuslari hamda jamiyat hayotidagi faol ishtiroki atroflicha o‘rganilmoqda.

Shu doirada “Qo‘ytosh” mahalla fuqarolar yig‘inida faol tadbirkorlik bilan shug‘ullanib kelayotgan “Sumaya” YATT rahbari Dilnoza Ashirovaning ish faoliyati o‘rganildi. Tadbir 6 nafar ishtirokchini qamrab oldi. Dilnoza Ashirova ikki yildan buyon bolajonlar uchun mo‘ljallangan xususiy uy bog‘chasini tashkil etib, mazkur sohada samarali mehnat qilib kelmoqda. Bugungi kunda u 50 nafar bolani qamrab olgan holda faoliyat yuritib, 4 nafar xodimni doimiy ish bilan ta’minlab kelmoqda.

Ta’kidlash joizki, bunday tashabbuskor va izlanuvchan ayollar jamiyat taraqqiyotida muhim o‘rin tutadi. “Ishbilarmon ayol–2026” tanlovi esa ana shunday faol, maqsad sari intiluvchan xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning ilg‘or tajribasini ommalashtirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Slide 1 of 2