Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ДЕПУТАТ ВА САЙЛОВЧИЛАР УЧРАШУВИ
янв.21
МТТ ларда хавфсизлик талаблари депутат назоратида
янв.21
«Маҳалла еттилиги» фаолияти эътиборда.
янв.21
Хусусий шифохоналардаги тиббий хизмат сифати депутатлар назоратида
янв.21
“Инсон” ижтимоий хизматлар марказида коррупциявий омилларни бартараф этиш масалалари ўрганилди
янв.21
Депутат ёшлар билан учрашди
янв.21
Маърифат маҳалласида хотин-қизлар билан ишлаш фаолияти ўрганилди
янв.21
Халқаро лойиҳалар ижроси, янги спорт аренаси ва депутат фаолияти диққат марказида.
янв.21
Битирувчи ёшларнинг мақсадлари қўллаб-қувватланди
янв.21
Депутат назорати.
Deputat va mahalla yettiligi vakillari ishtirokida uchrashuv o‘tkazildi

Deputat va mahalla yettiligi vakillari ishtirokida uchrashuv o‘tkazildi

Sardoba tumani “Yangiqishloq” mahallasida tuman Kengashi deputati 

E Nazarov tomonidan mahalla yettiligi a’zolari bilan uchrashuv tashkil etildi. Mazkur uchrashuv davomida mahallada olib borilayotgan ishlar, aholi murojaatlari hamda hududda mavjud muammolar yuzasidan atroflicha fikr almashildi.

 Uchrashuvda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 21-dekabrdagi PF-209-sonli “Mahallalarda boshqaruv tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni asosida mahalla yettiligi zimmasiga yuklatilgan vazifalar ijrosi muhokama qilindi.

Xususan, mahallada kambag‘allikni qisqartirish, aholi bandligini ta’minlash, yoshlar va xotin-qizlar bilan ishlash, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni qo‘llab-quvvatlash hamda huquqbuzarliklarning oldini olish borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan ma’lumotlar tinglandi.

 Shuningdek, mahalladagi infratuzilma masalalari, ichimlik suvi ta’minoti, yo‘l va obodonlashtirish ishlari, aholi murojaatlari bilan ishlash holati ham muhokama qilinib, mavjud muammolarni bartaraf etish bo‘yicha tegishli taklif va tavsiyalar bildirildi.

 Uchrashuv yakunida mahalla yettiligi tomonidan hududda olib borilayotgan ishlarni yanada samarali tashkil etish, fuqarolar murojaatlarini o‘z vaqtida hal etish hamda PF-209-sonli Farmonda belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash yuzasidan kelgusidagi ustuvor vazifalar belgilab olindi.

Slide 1 of 4