Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ДЕПУТАТ ВА САЙЛОВЧИЛАР УЧРАШУВИ
янв.21
МТТ ларда хавфсизлик талаблари депутат назоратида
янв.21
«Маҳалла еттилиги» фаолияти эътиборда.
янв.21
Хусусий шифохоналардаги тиббий хизмат сифати депутатлар назоратида
янв.21
“Инсон” ижтимоий хизматлар марказида коррупциявий омилларни бартараф этиш масалалари ўрганилди
янв.21
Депутат ёшлар билан учрашди
янв.21
Маърифат маҳалласида хотин-қизлар билан ишлаш фаолияти ўрганилди
янв.21
Халқаро лойиҳалар ижроси, янги спорт аренаси ва депутат фаолияти диққат марказида.
янв.21
Битирувчи ёшларнинг мақсадлари қўллаб-қувватланди
янв.21
Депутат назорати.
Mahalladagi hokim yordamchisi va xotin-qizlar faoli ishlari o‘rganildi

🔷O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 21-dekabrdagi PF-209-son Farmoniga asosan “Pargos” mahalla fuqarolar yig‘ini bo‘yicha hokim yordamchisi B.Omonov va xotin-qizlar faoli J.Nasirova faoliyatlari xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashiga O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasidan saylangan deputat M.Aynashova tomonidan o‘rganildi.

🔷O‘rganish davomida hokim yordamchisi tomonidan aholi bandligini ta’minlash, kam ta’minlangan va ishsiz fuqarolarni tadbirkorlikka jalb qilish, ularga imtiyozli kredit va subsidiyalar ajratish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar ko‘rib chiqildi. Shuningdek, “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari”ga kiritilgan fuqarolar bilan manzilli ishlash, ularning muammolarini hal etish bo‘yicha olib borilayotgan ishlarga alohida e’tibor qaratildi.

     Xotin-qizlar faoli tomonidan mahalladagi xotin-qizlarning bandligini ta’minlash, ularni kasb-hunarga o‘qitish, ijtimoiy himoyaga muhtoj ayollar bilan ishlash, oilaviy nizolarni bartaraf etish va ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni tashkil etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar ham tahlil qilindi.

🔷Deputat tomonidan mas’ullarga aniq taklif va tavsiyalar berildi hamda mavjud muammolarni bartaraf etish, aholi bilan ishlash samaradorligini oshirish yuzasidan tegishli chora-tadbirlar belgilab olindi.

Slide 1 of 2