Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ДЕПУТАТ ВА САЙЛОВЧИЛАР УЧРАШУВИ
янв.21
МТТ ларда хавфсизлик талаблари депутат назоратида
янв.21
«Маҳалла еттилиги» фаолияти эътиборда.
янв.21
Хусусий шифохоналардаги тиббий хизмат сифати депутатлар назоратида
янв.21
“Инсон” ижтимоий хизматлар марказида коррупциявий омилларни бартараф этиш масалалари ўрганилди
янв.21
Депутат ёшлар билан учрашди
янв.21
Маърифат маҳалласида хотин-қизлар билан ишлаш фаолияти ўрганилди
янв.21
Халқаро лойиҳалар ижроси, янги спорт аренаси ва депутат фаолияти диққат марказида.
янв.21
Битирувчи ёшларнинг мақсадлари қўллаб-қувватланди
янв.21
Депутат назорати.
YUNUSOBOD TUMANI: XALQ DEPUTATLARI TUMAN KENGASHINING NAVBATDAGI SESSIYASI BO‘LIB O‘TDI

YUNUSOBOD TUMANI: XALQ DEPUTATLARI TUMAN KENGASHINING NAVBATDAGI SESSIYASI BO‘LIB O‘TDI

🏛 Bugun Yunusobod tumanida Xalq deputatlari tuman Kengashining III chaqiriq 19-sessiyasi o‘tkazildi. Unda deputatlar hamda mutasaddi tashkilotlar vakillari ishtirok etdilar.

Sessiya kun tartibida quyidagi asosiy masalalar ko‘rib chiqildi:

Xavfsizlik: 2026-yilning I choragida hududni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar;

Moliya: Tuman mahalliy budjetining qo‘shimcha manbalarini hamda “Infratuzilma va ijtimoiy barqarorlik” jamg‘armasi mablag‘larini maqsadli yo‘naltirish;

Salomatlik: Tuman Tibbiyot birlashmasining I chorakdagi faoliyati hisoboti;

Yoshlar siyosati: Yoshlar ishlari bo‘limining hisoboti hamda besh muhim tashabbus doirasidagi tadbirlar kalendar rejasini tasdiqlash;

Huquqiy tartibga solish: Oliy Majlis Senati Kengashining budjet mablag‘laridan foydalanishni takomillashtirishga oid qarori ijrosini ta’minlash.

Muhokamalar davomida deputatlar mas’ullarning hisobotlarini tinglab, o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar. Sessiya yakunida barcha masalalar atroflicha tahlil qilinib, tegishli qarorlar qabul qilindi.

Yunusobod tumani hokimligi Matbuot xizmati.

Slide 1 of 1