Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Маърифат маҳалласида хотин-қизлар билан ишлаш фаолияти ўрганилди
янв.21
Халқаро лойиҳалар ижроси, янги спорт аренаси ва депутат фаолияти диққат марказида.
янв.21
Битирувчи ёшларнинг мақсадлари қўллаб-қувватланди
янв.21
Депутат назорати.
янв.21
Юқори маҳалласида “еттилик” ва фаоллар билан учрашув ўтказилди
янв.21
Ёшлар келажаги — эътибор марказида
янв.21
Депутат сўроваи
янв.21
Депутат сўрови
янв.21
Депутат сўрови натижаси.
янв.21
Депутат ёшлар билан
Termizda yoshlarni kasb-hunar va xorijiy tillarga o‘qitish tizimi tahlil qilindi

Bugun Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi raisi D.Normuradova, 11- “Do‘stlik” saylov okrugi deputati S.Xodjayeva hamda kotibiyat bosh mutaxassisi R.Mamashukurov tomonidan “Do‘stlik” mahallasi hududida joylashgan shahar politexnikumida (sobiq Termiz shahar 1-son kasb-hunar maktabi) bo‘lib, yoshlarni mehnat bozoriga tayyorlash va ularning bandligini ta’minlash maqsadida xorijiy tillarni o‘rgatish hamda zamonaviy kasblarga o‘qitish tizimi bilan tanishdi.

💬O’rganish ishlari mahalliy Kengash deputati faoliyatining 24 ta tavsiya asosida tizimli ravishda olib borildi. Asosiy e’tibor quyidagilarga qaratildi:

🔅Xorijiy tillarni o‘rgatish: Yoshlarning jahon mehnat bozorida raqobatbardosh bo‘lishlari uchun davlat va xorijiy tillarni o‘rganishlari uchun yaratilgan sharoitlar.

🔅Zamonaviy kasb-hunar: Bugungi kun talabiga mos keladigan yangi yo‘nalishlar bo‘yicha o‘quv dasturlarining samaradorligi.

🔅Bandlik masalasi: Bitiruvchilarni ta’lim jarayonining o‘zidayoq ish beruvchilar bilan bog‘lash va ularning kelajakdagi ish o‘rnini kafolatlash.

✔️O‘rganish yakunida aniqlangan ayrim texnik kamchiliklarni bartaraf etish va xizmat sifatini oshirish yuzasidan muassasa rahbariyatiga tegishli tavsiyalar berildi.

🫥Maqsad aniq har bir yosh nafaqat diplomli, balki real daromad keltiradigan kasb va kamida bitta xorijiy tilni mukammal biladigan mutaxassis bo‘lib yetishishi zarur. Ushbu yo‘nalishdagi ishlar nafaqat ta’lim sifatini oshirishga, balki mahalladagi yoshlar bandligini ta’minlash orqali ijtimoiy barqarorlikni mustahkamlashga xizmat qiladi.

Slide 1 of 4