Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Маърифат маҳалласида хотин-қизлар билан ишлаш фаолияти ўрганилди
янв.21
Халқаро лойиҳалар ижроси, янги спорт аренаси ва депутат фаолияти диққат марказида.
янв.21
Битирувчи ёшларнинг мақсадлари қўллаб-қувватланди
янв.21
Депутат назорати.
янв.21
Юқори маҳалласида “еттилик” ва фаоллар билан учрашув ўтказилди
янв.21
Ёшлар келажаги — эътибор марказида
янв.21
Депутат сўроваи
янв.21
Депутат сўрови
янв.21
Депутат сўрови натижаси.
янв.21
Депутат ёшлар билан
Kengash qarorlari ijrosi yuzasidan monitoring ishlari amalga oshirildi

 Kengash qarorlari ijrosi yuzasidan monitoring ishlari amalga oshirildi

Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi kotibiyati mudiri Xusnora Berdiyarovaning 2026-yil 27-aprel kungi ish rejasiga muvofiq, Kengash qarorlari ijrosini joyiga chiqib o‘rganish ishlari olib borildi.

🔎 Monitoring davomida Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashining 2026-yil 2-martdagi “Boyovut tumani mahalliy byudjetining 2026-yil boshiga hosil bo‘lgan erkin qoldiq mablag‘larni yo‘naltirish to‘g‘risida”gi qarori doirasida amalga oshirilayotgan loyihalarning amaldagi holati tahlil qilindi.

🌳 Sohil MFY hududidagi istirohat bog‘ida sug‘orish tizimini barpo etish ishlari (200 mln so‘m)

🌿 Tuman markazidagi istirohat bog‘ini obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish, zamonaviy ko‘rinishga keltirish ishlari (500 mln so‘m)

💰 Mazkur yo‘nalishlarda ajratilgan mablag‘lar hisobidan bajarilayotgan ishlar sifati va bajarilish holati joyida ko‘zdan kechirildi.

👥 O‘rganish jarayonida Kengash kotibiyati mudiri X. Berdiyarova, doimiy komissiya raisi A. Amanlikov hamda tuman Iqtisodiyot va moliya bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari F. Xudaynazarovlar ishtirok etdi.

📊 Yakunda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan tegishli mas’ullarga topshiriqlar berilib, ishlarni belgilangan muddatlarda sifatli yakunlash zarurligi ta’kidlandi.

 Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi kotibiyati

Slide 1 of 7