Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Маърифат маҳалласида хотин-қизлар билан ишлаш фаолияти ўрганилди
янв.21
Халқаро лойиҳалар ижроси, янги спорт аренаси ва депутат фаолияти диққат марказида.
янв.21
Битирувчи ёшларнинг мақсадлари қўллаб-қувватланди
янв.21
Депутат назорати.
янв.21
Юқори маҳалласида “еттилик” ва фаоллар билан учрашув ўтказилди
янв.21
Ёшлар келажаги — эътибор марказида
янв.21
Депутат сўроваи
янв.21
Депутат сўрови
янв.21
Депутат сўрови натижаси.
янв.21
Депутат ёшлар билан
Toshrabot MFYda ijtimoiy xodim ish faoliyati deputat e’tiborida.. Aholini ijtimoiy qo’llab-quvvatlash, ayniqsa ehtiyojmand qatlamga manzilli yordam ko’rsatish masalalari doimiy e’tibor markazida bo’lib kelmoqda.

11-Toshrabot saylov okrugi deputati M.Umurova Toshrabot MFYda aholini ijtimoiy qo’llab-quvvatlash, ehtiyojmand qatlamga manzilli yordam ko’rsatish ishlarini doimiy e’tiborga oldi. Shu maqsadda mahallada faoliyat yuritayotgan ijtimoiy xodimning ish samaradorligi atroflicha o’rganilib, uning faoliyatiga tegishli baho berildi.

O’rganishlar davomida kam ta’minlangan oilalar, yolg’iz keksalar,

nogironligi bo’lgan shaxslar hamda ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolar bilan

olib borilayotgan ishlar tahlil qilindi. Xususan, ularga ko’rsatilayotgan

moddiy va ma’naviy yordamlar, ijtimoiy xizmatlarning o’z vaqtida va manzilli

yetkazilishi holati ko’zdan kechirildi.

Shuningdek, ijtimoiy xodim tomonidan har bir xonadon kesimida

muammolarni aniqlash, ularga yechim topish, aholi bilan muntazam muloqot

o’rnatish bo’yicha amalga oshirilayotgan ishlarga alohida e’tibor qaratildi.

Aniqlangan ayrim kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan tegishli tavsiyalar

berildi va kelgusida ish samaradorligini yanada oshirish bo’yicha vazifalar

belgilab berildi.

Ta’kidlanganidek, aholiga ko’rsatilayotgan ijtimoiy yordamning

shaffof, adolatli va manzilli bo’lishi fuqarolar farovonligini ta’minlashda muhim

ahamiyat kasb etadi. Bu boradagi ishlar Toshrabot  MFYda izchil davom ettiriladi.
 

Slide 1 of 1