Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Маърифат маҳалласида хотин-қизлар билан ишлаш фаолияти ўрганилди
янв.21
Халқаро лойиҳалар ижроси, янги спорт аренаси ва депутат фаолияти диққат марказида.
янв.21
Битирувчи ёшларнинг мақсадлари қўллаб-қувватланди
янв.21
Депутат назорати.
янв.21
Юқори маҳалласида “еттилик” ва фаоллар билан учрашув ўтказилди
янв.21
Ёшлар келажаги — эътибор марказида
янв.21
Депутат сўроваи
янв.21
Депутат сўрови
янв.21
Депутат сўрови натижаси.
янв.21
Депутат ёшлар билан
YASHIL MAKONGA AJRATILGAN MABLAG'LAR MONITORING QILINDI

Urganch shahrini yanada ko‘kalamzorlashtirish, ekologik muhitni sog‘lomlashtirish va "Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasidagi ishlarni izchil davom ettirish — bugungi kunning eng muhim vazifalaridan biri. 

Xalq deputatlari Urganch shahar Kengashi raisi P.Ro‘ziboyev hamda hamkor tashkilotlar vakillari Jingovuz mahallasida bo‘lib, hududdagi ekologik vaziyatni bevosita ko‘zdan kechirishdi.

 Tashrif davomida asosiy e’tibor quyidagilarga qaratildi: 

  "Yashil makon" loyihasi doirasida ekilgan ko‘chatlarning parvarishi va o‘sish dinamikasi;  

Hududning tozaligi va atrof-muhit muhofazasi holati;  

Kelgusida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan qo‘shimcha obodonlashtirish ishlari.

Ushbu sa’y-harakatlardan ko‘zlangan asosiy maqsad — shahrimiz havosini toza saqlash, aholi uchun qulay, soyali va sog‘lom yashash muhitini yaratishdir. 

Esingizda bo‘lsin, atrof-muhitni asrash — kelajakni asrash demakdir. Barchamiz birgalikda shahrimizni yanada yashil va obod maskanga aylantirishda faol bo‘laylik! 

Slide 1 of 4