Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Маърифат маҳалласида хотин-қизлар билан ишлаш фаолияти ўрганилди
янв.21
Халқаро лойиҳалар ижроси, янги спорт аренаси ва депутат фаолияти диққат марказида.
янв.21
Битирувчи ёшларнинг мақсадлари қўллаб-қувватланди
янв.21
Депутат назорати.
янв.21
Юқори маҳалласида “еттилик” ва фаоллар билан учрашув ўтказилди
янв.21
Ёшлар келажаги — эътибор марказида
янв.21
Депутат сўроваи
янв.21
Депутат сўрови
янв.21
Депутат сўрови натижаси.
янв.21
Депутат ёшлар билан
MAHALLADA HUQUQIY TARGʻIBOT

Mamlakatimizda inson huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, ayniqsa, aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlariga malakali yuridik yordam ko‘rsatish tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi. 2023 yil 16 iyunda qabul qilingan «Davlat hisobidan yuridik yordam ko‘rsatish to‘g‘risida»gi O‘RQ-848-sonli Qonun bu borada muhim huquqiy asos bo‘lib xizmat qilmoqda.

Mazkur Qonun ijrosini ta’minlash va uning mazmun-mohiyatini keng jamoatchilikka yetkazish maqsadida deputat U.Muxammadiyev boshchiligidagi ishchi guruh tomonidan bir qator mahallalarda o‘rganish va targ‘ibot tadbirlari o‘tkazilmoqda.

Deputat U.Muxammadiyev - Davlat hisobidan yuridik yordam ko‘rsatuvchi advokatlar maxsus reyestrga kiritilishi va ularning faoliyati davlat tomonidan moliyalashtirilishi haqida batafsil ma’lumot berib kelmoqda.

Mahalla faollari va fuqarolar bilan bo‘lgan muloqotda deputat U.Muxammadiyev har bir fuqaroning malakali huquqiy himoyaga bo‘lgan huquqi Konstitutsiyaviy kafolat ekanligini ta’kidladi. 

O‘rganish davomida aniqlangan muammolar va fuqarolarning takliflari sohani yanada takomillashtirish uchun asos bo‘lib xizmat qiladi.

«Bizning maqsadimiz — hech bir fuqaro o‘z muammosi bilan advokatsiz va huquqiy himoyasiz qolmasligini ta’minlashdir», — deya ta’kidladi U.Muxammadiyev uchrashuv yakunida.

Slide 1 of 1