Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Маърифат маҳалласида хотин-қизлар билан ишлаш фаолияти ўрганилди
янв.21
Халқаро лойиҳалар ижроси, янги спорт аренаси ва депутат фаолияти диққат марказида.
янв.21
Битирувчи ёшларнинг мақсадлари қўллаб-қувватланди
янв.21
Депутат назорати.
янв.21
Юқори маҳалласида “еттилик” ва фаоллар билан учрашув ўтказилди
янв.21
Ёшлар келажаги — эътибор марказида
янв.21
Депутат сўроваи
янв.21
Депутат сўрови
янв.21
Депутат сўрови натижаси.
янв.21
Депутат ёшлар билан
Deputat uchrashuvida mutasaddilar ham ishtirok etdilar

 Hududda sifatli tibbiy yordam ko‘rsatilishi, ijtimoiy ko‘makka muhtoj-ehtiyojmand oilalarga e’tibor, xotin-qizlar bandligi, mahalla ichki ko‘cha-yo‘llari, ya’ni asfaltlashtirish ishlarining holati kabi masalalarni ko‘rib chiqishda deputatga tuman hokimi o‘rinbosari Gulbahor Aliyeva, mahalliy kengash deputati Isroiljon Turdaliyev va “Madad” NNT tuman huquqiy maslahat byurosi xodimi Ravshanbek Alijonov hamroxlik qildilar. 

Mahalladagi xususiy tadbirkorlar kichik korxonalarida ishlayotgan xotin-qizlar uchun yaratilgan ish sharoitlari o‘rganildi, murojaatlar bo‘yicha huquqiy maslahatlar berildi.  

Ijtimoiy ko‘makka muhtoj, ehtiyojmand oilalar holidan xabar olinib, ularga oziq-ovqat mahsulotlari tarqatildi. 

📌Shu o‘rinda “Madad” NNT haqida qisqacha tushuncha: mamlakatimizda fuqarolarning huquqiy savodxonlik darajasini oshirish va aholiga bepul yuridik yordam ko‘rsatish tizimini yanada takomillashtirish maqsadida “Madad” – muassasa shaklidagi nodavlat notijorat tashkiloti tashkil etilgan. “Madad” NNT mas’ul xodimlari murojaat qiluvchilarga huquqiy masalalar bo'yicha maslahat va tushuntirishlar berish, shuningdek tegishli huquqiy hujjatlar namunalarini taqdim etish yoki bunday hujjatlar loyihalarini tayyorlashda ko‘maklashish orqali bepul yuridik yordamlar ko‘rsatadi. 

  Xalq deputatlari Uchko‘prik tumani Kengashi  

Slide 1 of 1