Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Маърифат маҳалласида хотин-қизлар билан ишлаш фаолияти ўрганилди
янв.21
Халқаро лойиҳалар ижроси, янги спорт аренаси ва депутат фаолияти диққат марказида.
янв.21
Битирувчи ёшларнинг мақсадлари қўллаб-қувватланди
янв.21
Депутат назорати.
янв.21
Юқори маҳалласида “еттилик” ва фаоллар билан учрашув ўтказилди
янв.21
Ёшлар келажаги — эътибор марказида
янв.21
Депутат сўроваи
янв.21
Депутат сўрови
янв.21
Депутат сўрови натижаси.
янв.21
Депутат ёшлар билан
DEPUTAT SO'ROVIGA JAVOB

Xalq deputatlari Zarbdor tuman Kengashiga 7-Sutbuloq saylov okrugidan saylangan deputat I.Allayarov tomonidan yuborilgan deputat so‘roviga Zarbdor tuman Obodonlashtirish boshqarmasi tomonidan rasmiy javob taqdim etildi.

Mazkur javobda “Lalmikor” mahallasidagi Farovon ko‘chasining 270 metr qismi shag‘allashtirilmay qolganligi natijasida yog‘ingarchilik mavsumida suv to‘planishi, yo‘lning loyga aylanishi hamda fuqarolar va transport harakatida qiyinchiliklar yuzaga kelayotgani o‘rganishlar davomida tasdiqlangani qayd etilgan.

Shuningdek, mazkur muammoni bartaraf etish maqsadida ushbu ko‘cha 2026-yil manzilli dasturiga kiritilgani, tegishli mablag‘lar ajratilgach, yo‘lni shag‘allashtirish ishlari amalga oshirilishi ma’lum qilingan.

Mazkur masala deputat tomonidan nazoratga olingan bo‘lib, belgilangan ishlarning o‘z vaqtida va sifatli bajarilishi ustidan monitoring olib boriladi.