Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Маърифат маҳалласида хотин-қизлар билан ишлаш фаолияти ўрганилди
янв.21
Халқаро лойиҳалар ижроси, янги спорт аренаси ва депутат фаолияти диққат марказида.
янв.21
Битирувчи ёшларнинг мақсадлари қўллаб-қувватланди
янв.21
Депутат назорати.
янв.21
Юқори маҳалласида “еттилик” ва фаоллар билан учрашув ўтказилди
янв.21
Ёшлар келажаги — эътибор марказида
янв.21
Депутат сўроваи
янв.21
Депутат сўрови
янв.21
Депутат сўрови натижаси.
янв.21
Депутат ёшлар билан
Zarbdorda “Deputat va yoshlar” uchrashuvi o‘tkazildi

Zarbdor tumanidagi 1-son texnikumda “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi tashkil etildi. Uchrashuvda Xalq deputatlari Zarbdor tuman Kengashi raisi, deputat Anvar Aralov, 5-Navoiy saylov okrugi deputati Zafar Umurzakov ishtirok etib, yoshlar bilan ochiq muloqot olib bordi.

Tadbir davomida ta’lim sifatini oshirish, kasb tanlashda to‘g‘ri yo‘naltirish, oliy ta’lim muassasalariga kirish imkoniyatlari, xorijiy tillarni o‘rganish hamda yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish masalalari yuzasidan fikr almashildi.

Shuningdek, yoshlar tomonidan bildirilgan taklif va tashabbuslar tinglanib, ularni qo‘llab-quvvatlash hamda mavjud muammolarni hal etish yuzasidan tegishli mas’ullarga topshiriqlar berildi.

Mazkur uchrashuv yoshlarning bilim olishga bo‘lgan intilishini oshirish, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash hamda kelajakda malakali mutaxassislar sifatida shakllanishida muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Slide 1 of 2