Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Маърифат маҳалласида хотин-қизлар билан ишлаш фаолияти ўрганилди
янв.21
Халқаро лойиҳалар ижроси, янги спорт аренаси ва депутат фаолияти диққат марказида.
янв.21
Битирувчи ёшларнинг мақсадлари қўллаб-қувватланди
янв.21
Депутат назорати.
янв.21
Юқори маҳалласида “еттилик” ва фаоллар билан учрашув ўтказилди
янв.21
Ёшлар келажаги — эътибор марказида
янв.21
Депутат сўроваи
янв.21
Депутат сўрови
янв.21
Депутат сўрови натижаси.
янв.21
Депутат ёшлар билан
“Mustaqillik” mahallasida “mahalla yettiligi” bilan hamkorlik

Xalq deputatlari Muzrabot tumani Kengashi deputati Kurbonov Baxtiyor Gabbaraliyevich "Mustaqillik" mahalla fuqarolar yig‘inida bo‘lib, “mahalla yettiligi” a’zolari va faollar bilan uchrashdi.

Tadbir davomida deputat tomonidan mamlakatimizda qonunchilik sohasida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, qabul qilinayotgan qonun, farmon va qarorlarning mazmuni hamda ularning aholi hayotidagi ahamiyati bo‘yicha atroflicha ma’lumot berildi. Ayniqsa, qonunlarning amaliyotda ijrosi, fuqarolar manfaatlarini ta’minlashdagi o‘rni alohida qayd etildi.

Shuningdek, mahallada olib borilayotgan bunyodkorlik ishlari, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish jarayonlari, aholi turmush darajasini yaxshilashga qaratilgan tashabbuslar yuzasidan fikr almashildi. “Mahalla yettiligi” a’zolari tomonidan bildirilgan taklif va muammolar tinglanib, ularni hal etish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar belgilandi hamda ijrosi tegishli tartibda nazoratga olindi.

Uchrashuvda huquqbuzarliklar va jinoyatchilikning oldini olish masalalariga ham alohida e’tibor qaratildi. Xususan, yoshlar o‘rtasida profilaktik tadbirlarni kuchaytirish, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ma’naviy-ma’rifiy ishlarni tizimli yo‘lga qo‘yish zarurligi ta’kidlandi.

Tadbirda ilgari surilgan takliflar asosida hamkorlikni yanada mustahkamlash, hududni har tomonlama rivojlantirish yo‘lida birgalikda ishlash zarurligi belgilab olindi.

Slide 1 of 3