Olmazor tumanida Xalq deputatlari tuman Kengashining navbatdagi III chaqiriq 26-sessiyasi o‘tkazildi.
Sessiya davomida kun tartibiga kiritilgan qator muhim masalalar ko‘rib chiqildi. Jumladan, tuman tibbiyot birlashmasi, sanitariya-epidemiologik osoyishtalik xizmati, ekologiya bo‘limi, favqulodda vaziyatlar bo‘limi hamda mahallalar uyushmasi tomonidan 2026-yil I chorakda amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisobotlar tinglandi.
Shuningdek, yer munosabatlari, aholi salomatligini muhofaza qilish, favqulodda vaziyatlarning oldini olish hamda mahalliy budjet mablag‘laridan samarali foydalanish masalalari muhokama qilindi.
Sessiya yakunida muhokama qilingan masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilinib, mas’ullarga aniq topshiriqlar berildi.