Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Аҳолини бандлигини таъминлаш ишлари таҳлили
янв.21
Ёшлар билан очиқ мулоқот — янги ғоялар ва имкониятлар
янв.21
Ёшлар билан учрашув.
янв.21
Муносабат
янв.21
Депутат ҳудуддаги ишлар билан танишди
янв.21
Ахиллик маҳалласида ижтимоий ҳимоя ишлари ўрганилди
янв.21
Маҳаллада бандликни таъминлаш ишлари таҳлил қилинди
янв.21
МУРОЖААТГА АМАЛИЙ ЕЧИМ: ФУҚАРО МАНФААТИ ТАЪМИНЛАНДИ
янв.21
Котибият кунлик иш фаолияти
янв.21
Ҳафталик иш режалар кўриб чиқилди
Kengash raisining saylovchilar bilan uchrashuvi o‘tkazildi

🔹Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi raisi O.Axmatshayev tomonidan Nurafshon mahalla fuqarolar yig‘inida saylovchilar bilan navbatdagi ochiq muloqot tashkil etildi. (https://t.me/kengash_margilon/2978)

🔹Mazkur uchrashuv O‘zbekiston Respublikasining “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashi deputatining maqomi to‘g‘risida”gi Qonunining 7-moddasiga muvofiq o‘tkazilib, unda aholi bilan bevosita muloqot qilish, ularning muammo va takliflarini tinglash hamda joylardagi dolzarb masalalarni hal etishga qaratildi.

🔹Uchrashuvda shahar Kengashi kotibiyati mudiri A.Ermatov, hudud deputati S.Jurayeva, shahar Kengashi deputati A.Mahkamov, “Madad” nodavlat notijorat huquqiy maslahat byurosi Marg‘ilon shahar bosh mutaxassisi S.Ismoilov, shuningdek mahalla yettiligi, obodonlashtirish bo‘limi mas’ullari hamda kommunal soha vakillari ishtirok etdilar.

🔹Ochiq muloqot davomida fuqarolar tomonidan hudud infratuzilmasini yaxshilash, kommunal xizmatlar sifatini oshirish, yo‘llarni ta’mirlash, bandlikni ta’minlash hamda ijtimoiy yordam masalalariga oid qator taklif va murojaatlar bildirildi.

🔹Kengash raisi tomonidan barcha murojaatlar atroflicha tinglanib, ularni hal etish bo‘yicha mas’ul tashkilotlarga tegishli topshiriqlar berildi. Ayrim masalalar yuzasidan joyida yechimlar ishlab chiqildi, qolgan murojaatlar esa nazoratga olinib, ijrosi yuzasidan deputatlik nazorati o‘rnatilishi ta’kidlandi.

Slide 1 of 9