Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Аҳолини бандлигини таъминлаш ишлари таҳлили
янв.21
Ёшлар билан очиқ мулоқот — янги ғоялар ва имкониятлар
янв.21
Ёшлар билан учрашув.
янв.21
Муносабат
янв.21
Депутат ҳудуддаги ишлар билан танишди
янв.21
Ахиллик маҳалласида ижтимоий ҳимоя ишлари ўрганилди
янв.21
Маҳаллада бандликни таъминлаш ишлари таҳлил қилинди
янв.21
МУРОЖААТГА АМАЛИЙ ЕЧИМ: ФУҚАРО МАНФААТИ ТАЪМИНЛАНДИ
янв.21
Котибият кунлик иш фаолияти
янв.21
Ҳафталик иш режалар кўриб чиқилди
Umumta’lim maktablarida sport zallari va ochiq sport maydonlari holatlari o‘rganildi

🔷Xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashining 2026-yilga mo‘ljallangan ish rejasiga asosan tumanning “Pargos” mahallasida joylashgan 5 va 9-sonli umumta’lim maktablarining sport zallari, maydonlari va ularning jihozlanish holatlari O‘zbekiston “Milliy tiklanish” partiyasidan saylangan deputat M.Aynashova hamda kotibiyat mudiri J.Sadirov tomonlaridan kotibiyat xodimi M.Tursunbayeva hamda maktab rahbariyati ishtirokida o‘rganildi. 

🔷O‘rganish davomida maktablardagi sport zallarining texnik holati, sport maydonlarining talab darajasida jihozlanganligi, o‘quvchilar uchun yaratilgan sharoitlar hamda mavjud sport anjomlarining sifati va yetarliligi atroflicha ko‘zdan kechirildi.

🔷Shu bilan birga, maktablarda o‘quvchilarni sportga jalb etish, sog‘lom turmush tarzini shakllantirish borasida muayyan ishlar amalga oshirilayotgani, sport to‘garaklari faoliyati yo‘lga qo‘yilgani ta’kidlandi.

🔷O‘rganish yakunida aniqlangan ayrim kamchiliklarni bartaraf etish, sport infratuzilmasini yanada yaxshilash, o‘quvchilar uchun qulay va xavfsiz shart-sharoitlar yaratish yuzasidan tegishli mutasaddilarga taklif va tavsiyalar bildirildi hamda kelgusida nazorat tadbirlari davom ettirilishi belgilab olindi.

Slide 1 of 7