Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Доимий комиссия йиғилиши.
янв.21
Депутат сайловчилар билан учрашув ўтказди.
янв.21
Халқ депутатлари Пахтаобод тумани Кенгашида депутатлар йиғилиши ўтказилди.
янв.21
Ёшлар билан очиқ мулоқот — келажакка қадам!
янв.21
Ижтимоий соҳа, ёшлар сиёсати, маданият ва спорт масалалари бўйича комиссияси йиғилиши
янв.21
Маҳаллий бюджет, тадбиркорликни ривожлантириш ва иқтисодий ислоҳотлар масалалари бўйича доимий комиссияси йиғилиши
янв.21
Xalq deputatlari Paxtaobod tuman Kengashining doimiy komissiya yigilishi
янв.21
Депутат ва “Маҳалла еттилиги” хамкорлиги
янв.21
ПАХТАОБОД ТУМАНИДА “ЁШЛАР ОЙЛИГИ” ДОИРАСИДА СПОРТ ФЕСТИВАЛИ ЎТКАЗИЛДИ.
янв.21
Куз-қиш мавсумига тайёргарлик
Mindonoboddagi muammolar — nazoratda, yechimlar yo‘lga qo‘yilmoqda

 Mindonoboddagi
muammolar — nazoratda, yechimlar yo‘lga qo‘yilmoqda
 

  

🔹 Davlat rahbari va Senat qarorlari
ijrosini ta’minlash doirasida Mindonobod MFYda amaliy o‘rganish ishlari olib borildi.
Unda deputat D. Karimov va mutaxassis A. Eminjonov bevosita hududga chiqib, aholi
muammolarini joyida o‘rgandilar. 

🔹
O‘rganishlar davomida eng og‘riqli masalalardan biri — elektr ta’minotidagi muammolar
ekani ochiq-oydin namoyon bo‘ldi. Aholi soni ortib borayotgan bir sharoitda mavjud infratuzilma talabga javob
bermayotgani qayd etildi. 

🔹 Xususan, “O‘zbekiston ovozi” ko‘chasida
yuzlab xonadonlar elektr ta’minotida qiyinchiliklarga duch kelayotgani, qo‘shimcha
transformator, tayanch ustunlari va yoritish vositalariga ehtiyoj yuqori ekani aniqlandi. 

🔹 Muammolarni kechiktirishga o‘rin
yo‘q. Masalani zudlik bilan hal etish, moliyalashtirish manbalarini jalb qilish
va aniq amaliy choralar ko‘rish bo‘yicha mas’ul tashkilotlarga deputatlik so‘rovlari
yuborishga kelishildi. 

🔹 Eng muhimi — masala to‘liq hal
etilgunga qadar qat’iy nazorat o‘rnatildi. Bu — aholi dardi eshitilayotgani va har
bir muammo yechim sari harakatlanayotganining amaliy ifodasidir. 

   

Slide 1 of 3