Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Доимий комиссия йиғилиши.
янв.21
Депутат сайловчилар билан учрашув ўтказди.
янв.21
Халқ депутатлари Пахтаобод тумани Кенгашида депутатлар йиғилиши ўтказилди.
янв.21
Ёшлар билан очиқ мулоқот — келажакка қадам!
янв.21
Ижтимоий соҳа, ёшлар сиёсати, маданият ва спорт масалалари бўйича комиссияси йиғилиши
янв.21
Маҳаллий бюджет, тадбиркорликни ривожлантириш ва иқтисодий ислоҳотлар масалалари бўйича доимий комиссияси йиғилиши
янв.21
Xalq deputatlari Paxtaobod tuman Kengashining doimiy komissiya yigilishi
янв.21
Депутат ва “Маҳалла еттилиги” хамкорлиги
янв.21
ПАХТАОБОД ТУМАНИДА “ЁШЛАР ОЙЛИГИ” ДОИРАСИДА СПОРТ ФЕСТИВАЛИ ЎТКАЗИЛДИ.
янв.21
Куз-қиш мавсумига тайёргарлик
MAHALLA YETTILIGI FAOLIYATIDA YANGI DAVR: 292-SONLI QAROR MOHIYATI!

Prezidentimiz tomonidan mahalla tizimini mustahkamlash, “Xalq davlat idoralariga emas, davlat idoralari xalqimizga xizmat qilishi kerak” tamoyilini amalda ta’minlash borasida ulkan ishlar qilinmoqda. Shu yo‘nalishdagi eng muhim qadamlardan biri – Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 18-maydagi 292-sonli qarori bo‘ldi!

⏺Qarorning asosiy mohiyati:

Endilikda “Mahalla yettiligi” a’zolarining (hokim yordamchisi, yoshlar yetakchisi, xotin-qizlar faoli, profilaktika inspektori, ijtimoiy xodim va soliq inspektori) ish samaradorligi (KPI) bo‘yicha baholashda mahalla raisining ishtiroki majburiy etib belgilandi!

⏺Buning ahamiyati nimada?

💬Mahalladagi muammolar, kamchiliklar va aholi murojaatlari bo‘yicha mas’ullarning faoliyatiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri baho berish huquqi mahalla raisiga yuklanadi.

💬Samaradorlik oshadi: Har bir mas’ul o‘z ishiga yanada vijdonan yondashishga majbur bo‘ladi. Chunki endi ularning ishini umumiy raqamlar emas, balki bevosita mahalla raisi va mahalla ahli baholaydi.

💬Xalq manfaati ustuvor: Aholining real muammolarini hal qilishga qaratilgan amaliy ishlar baholash mezonining asosini tashkil etadi. Bu qog‘ozbozlik va rasmiyatchilikka chek qo‘yadi.

💬 Hokimiyatning “quyi pog‘onasi” kuchayadi: Mahalla raisi faqat tashkiliy ishlarni olib boruvchi shaxs emas, balki mahalla hayotidagi barcha jarayonlarga bevosita ta’sir o‘tkazuvchi kuchga aylanadi.

🫥Ushbu tartib “Mahalla yettiligi”ning aholi bilan yaqinligini ta’minlab, har bir mahallani tinch, obod va farovon qilishga xizmat qiladi.