Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Доимий комиссия йиғилиши.
янв.21
Депутат сайловчилар билан учрашув ўтказди.
янв.21
Халқ депутатлари Пахтаобод тумани Кенгашида депутатлар йиғилиши ўтказилди.
янв.21
Ёшлар билан очиқ мулоқот — келажакка қадам!
янв.21
Ижтимоий соҳа, ёшлар сиёсати, маданият ва спорт масалалари бўйича комиссияси йиғилиши
янв.21
Маҳаллий бюджет, тадбиркорликни ривожлантириш ва иқтисодий ислоҳотлар масалалари бўйича доимий комиссияси йиғилиши
янв.21
Xalq deputatlari Paxtaobod tuman Kengashining doimiy komissiya yigilishi
янв.21
Депутат ва “Маҳалла еттилиги” хамкорлиги
янв.21
ПАХТАОБОД ТУМАНИДА “ЁШЛАР ОЙЛИГИ” ДОИРАСИДА СПОРТ ФЕСТИВАЛИ ЎТКАЗИЛДИ.
янв.21
Куз-қиш мавсумига тайёргарлик
Deputatlik o‘rni vakant bo‘lgan saylov okrugida ham o‘rganishlar olib borilmoqda

Xalq deputatlari Nurobod tumani Kengashi kotibiyat mudiri B.Oblanov va Yoshlar maslahat guruhi a'zosi O.Abdug‘aniyevlar tomonidan Nurobod tumanidagi 13-Qilichli saylov okrugida deputatlik o‘rni vakant bo‘lganligi sababli Qilichli mahallasida amalga oshirilayotgan ishlar holati o‘rganildi.

 Xususan, Qilichli mahallasida hokim yordamchisi X.Parchayev tomonidan aholini kambag‘allikdan chiqarish, bandligini ta’minlash, tadbirkorlikka jalb etish hamda ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi atroflicha tahlil qilindi.

O‘rganish jarayonida mahalladagi ehtiyojmand oilalar holati, ularni manzilli qo‘llab-quvvatlash, doimiy daromad manbai yaratishga qaratilgan chora-tadbirlar belgilab olindi.

 Shu bilan birga, mas’ullarga aholi bandligini ta’minlashni yanada kuchaytirish, kambag‘allikni qisqartirishga qaratilgan dasturlar ijrosini samarali tashkil etish bo‘yicha tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.

Slide 1 of 3