Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Доимий комиссия йиғилиши.
янв.21
Депутат сайловчилар билан учрашув ўтказди.
янв.21
Халқ депутатлари Пахтаобод тумани Кенгашида депутатлар йиғилиши ўтказилди.
янв.21
Ёшлар билан очиқ мулоқот — келажакка қадам!
янв.21
Ижтимоий соҳа, ёшлар сиёсати, маданият ва спорт масалалари бўйича комиссияси йиғилиши
янв.21
Маҳаллий бюджет, тадбиркорликни ривожлантириш ва иқтисодий ислоҳотлар масалалари бўйича доимий комиссияси йиғилиши
янв.21
Xalq deputatlari Paxtaobod tuman Kengashining doimiy komissiya yigilishi
янв.21
Депутат ва “Маҳалла еттилиги” хамкорлиги
янв.21
ПАХТАОБОД ТУМАНИДА “ЁШЛАР ОЙЛИГИ” ДОИРАСИДА СПОРТ ФЕСТИВАЛИ ЎТКАЗИЛДИ.
янв.21
Куз-қиш мавсумига тайёргарлик
Quva tumani Kengashining navbatdagi sessiyasi bo‘lib o‘tdi

 Quva tumani Kengashining navbatdagi sessiyasi bo‘lib o‘tdi 

Bugun Xalq deputatlari Quva tumani Kengashining yigirma birinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Unda tuman hokimi,
tumandan saylangan viloyat Kengashi deputatlari, tuman hokimining o‘rinbosarlari,
kun tartibiga kiritilgan masalalarga aloqador bo‘lgan bo‘lim, tashkilot va idoralar
rahbarlari, shuningdek ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdilar. 

Sessiya ishida dastlab 2026 yilda Quva tumani hududlarini yangicha yondashuvlar asosida rivojlantirish
orqali aholi daromadlarini oshirish, barqaror ish o‘rinlarini yaratish hamda kambag‘allikni
qisqartirish chora-tadbirlari muhokama qilindi. 

Mazkur masala yuzasidan tuman iqtisodiyot va moliya bo‘limi boshlig‘ining o‘rinbosari Axrorjon
Siddiqov hisobot berib, kelgusida amalga oshiriladigan vazifalar yuzasidan batafsil
ma’lumot taqdim etdi. 

Sessiya kun tartibida, shuningdek, tumanda O‘zbekiston Respublikasining “Yoshlarga oid davlat
siyosati to‘g‘risida”gi Qonuni ijrosi hamda tuman yoshlari bilan olib borilayotgan
ishlar to‘g‘risida tuman hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va
ma’naviy-ma’rifiy ishlar hamda turizm bo‘yicha o‘rinbosari U. Solijonovning hisoboti
tinglandi. 

Sessiya davomida tuman obodonlashtirish boshqarmasi tasarrufidagi ichki yo‘llarni saqlash va joriy
ta’mirlash bo‘yicha olib borilayotgan ishlar to‘g‘risida tuman obodonlashtirish
boshqarmasi ichki yo‘llar bo‘limi boshlig‘i B. Mo‘ydinov ham hisobot berdi. 

Sessiya yakunida ko‘rib chiqilgan masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilinib, mas’ullarga
aniq vazifalar yuklatildi. Belgilangan topshiriqlarni o‘z vaqtida va sifatli ijro
etish ustuvor vazifa sifatida qayd etildi.  

Slide 1 of 7