Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Доимий комиссия йиғилиши.
янв.21
Депутат сайловчилар билан учрашув ўтказди.
янв.21
Халқ депутатлари Пахтаобод тумани Кенгашида депутатлар йиғилиши ўтказилди.
янв.21
Ёшлар билан очиқ мулоқот — келажакка қадам!
янв.21
Ижтимоий соҳа, ёшлар сиёсати, маданият ва спорт масалалари бўйича комиссияси йиғилиши
янв.21
Маҳаллий бюджет, тадбиркорликни ривожлантириш ва иқтисодий ислоҳотлар масалалари бўйича доимий комиссияси йиғилиши
янв.21
Xalq deputatlari Paxtaobod tuman Kengashining doimiy komissiya yigilishi
янв.21
Депутат ва “Маҳалла еттилиги” хамкорлиги
янв.21
ПАХТАОБОД ТУМАНИДА “ЁШЛАР ОЙЛИГИ” ДОИРАСИДА СПОРТ ФЕСТИВАЛИ ЎТКАЗИЛДИ.
янв.21
Куз-қиш мавсумига тайёргарлик
Kengash_faoliyati

Deputat va “Mahalla yettiligi” hamkorligi

Xalq deputatlari Bandixon tumani Kengashining 2-Bektepa saylov okrugi deputati B.Yo'ldoshev tomonidan “Bektepa ” mahallasida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 21-dekabrdagi Farmoni asosida shakllangan “Mahalla yettiligi” mahalla raisi, hokim yordamchisi, yoshlar yetakchisi, xotin-qizlar faoli, profilaktika inspektori, soliq inspektori hamda ijtimoiy xodimning o‘zaro hamjihatlikdagi faoliyati ko‘zdan kechirildi.

Mahalla raisi va hokim yordamchisi tavsiyasi bilan subsidiya asosida zamonaviy tikuv mashinasi, overlok va dazmol jihozlari olgan Dildora Abduraxmonovnaning xonadonida bo‘lishdi. Bugun u yettilik ko‘magi bilan o‘zini-o‘zi band qilib, oilaviy daromad manbaiga ega bo‘ldi.

O‘rganish yakunida deputat tomonidan mahalla yettiligi faoliyati samaradorligi tahlil qilinib, mavjud imkoniyatlardan yanada unumli foydalanish hamda aholi farovonligini oshirish bo‘yicha aniq tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 3