Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Доимий комиссия йиғилиши.
янв.21
Депутат сайловчилар билан учрашув ўтказди.
янв.21
Халқ депутатлари Пахтаобод тумани Кенгашида депутатлар йиғилиши ўтказилди.
янв.21
Ёшлар билан очиқ мулоқот — келажакка қадам!
янв.21
Ижтимоий соҳа, ёшлар сиёсати, маданият ва спорт масалалари бўйича комиссияси йиғилиши
янв.21
Маҳаллий бюджет, тадбиркорликни ривожлантириш ва иқтисодий ислоҳотлар масалалари бўйича доимий комиссияси йиғилиши
янв.21
Xalq deputatlari Paxtaobod tuman Kengashining doimiy komissiya yigilishi
янв.21
Депутат ва “Маҳалла еттилиги” хамкорлиги
янв.21
ПАХТАОБОД ТУМАНИДА “ЁШЛАР ОЙЛИГИ” ДОИРАСИДА СПОРТ ФЕСТИВАЛИ ЎТКАЗИЛДИ.
янв.21
Куз-қиш мавсумига тайёргарлик
Deputatlar tashabbusi davom etmoqda

Nurobod tumani “Sarikul” mahalla fuqarolar yig‘inida ekologik barqarorlikni ta’minlash va hududni yanada obodonlashtirishga qaratilgan muhim tashabbuslar amalga oshirildi. Xalq deputatlari Nurobod tumani Kengashi deputati Sobirxon Samatov tashabbusi bilan tashkil etilgan ushbu tadbir “Yashil makon” umummilliy dasturi hamda “Obod yurt mahalladan boshlanadi” shiori ostida o‘tkazildi.

Mazkur umumxalq xayriya hashari doirasida mahalla aholisi, yoshlar va faollar bir yoqadan bosh chiqarib, hududni ko‘kalamzorlashtirish ishlarida faol ishtirok etdilar. 

Tadbir davomida nafaqat daraxt ekish, balki hududni tozalash, obodonlashtirish va aholi o‘rtasida ekologik madaniyatni yuksaltirishga alohida e’tibor qaratildi. Bu kabi tashabbuslar fuqarolarda ona tabiatga mehr va mas’uliyat hissini oshirish bilan birga, kelajak avlod uchun sog‘lom va yashil muhit yaratishga xizmat qilmoqda.

Slide 1 of 5