Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Доимий комиссия йиғилиши.
янв.21
Депутат сайловчилар билан учрашув ўтказди.
янв.21
Халқ депутатлари Пахтаобод тумани Кенгашида депутатлар йиғилиши ўтказилди.
янв.21
Ёшлар билан очиқ мулоқот — келажакка қадам!
янв.21
Ижтимоий соҳа, ёшлар сиёсати, маданият ва спорт масалалари бўйича комиссияси йиғилиши
янв.21
Маҳаллий бюджет, тадбиркорликни ривожлантириш ва иқтисодий ислоҳотлар масалалари бўйича доимий комиссияси йиғилиши
янв.21
Xalq deputatlari Paxtaobod tuman Kengashining doimiy komissiya yigilishi
янв.21
Депутат ва “Маҳалла еттилиги” хамкорлиги
янв.21
ПАХТАОБОД ТУМАНИДА “ЁШЛАР ОЙЛИГИ” ДОИРАСИДА СПОРТ ФЕСТИВАЛИ ЎТКАЗИЛДИ.
янв.21
Куз-қиш мавсумига тайёргарлик
Xalq deputatlari Chilonzor tuman Kengashi deputati Saidova Shukrona To‘xtaevnaning Nafosat mahallasida o‘rganish ishlari.

Xalq deputatlari Chilonzor tuman Kengashi deputati Saidova Shukrona To‘xtaevna tomonidan Nafosat mahallasida hokim yordamchilari faoliyati samaradorligi o‘rganildi. Xususan, aholini kambag‘allikdan chiqarish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar hamda mahalladagi yoshlar yetakchisi tomonidan tashkil etilayotgan tadbirlar va yoshlar bandligini ta’minlash masalalari atroflicha ko‘rib chiqildi.

Uchrashuv davomida mahalladagi yoshlar bilan bog‘liq masalalar muhokama qilindi. Jumladan, mahallada o‘qish va ish bilan band bo‘lmagan yoshlar bo‘yicha aniq va to‘liq ma’lumotlar mavjud emasligi qayd etildi. Mazkur masala yuzasidan tegishli mutasaddilarga birinchi chorak yakunlari bo‘yicha batafsil hisobot tayyorlash vazifasi yuklatildi.

Shuningdek, hokim yordamchisi tomonidan fuqarolar murojaatlari asosida:

bo‘sh turgan yer maydonini auksion savdolariga chiqarish bo‘yicha amaliy yordam ko‘rsatish,

mahallada mavjud 120 kv.m tayyor ob’ektni mahalla balansiga o‘tkazish masalalari muhokama qilindi.

Yig‘ilishda eng asosiy muammo sifatida mahalla binosi qurilishi masalasi ko‘tarildi. Qurilish ishlarini amalga oshirayotgan tashkilot tomonidan hozirga qadar APP (arxitektura-rejalashtirish topshirig‘i) xulosasi olinmaganligi sababli qurilish ishlari vaqtincha to‘xtab qolgani qayd etildi.

Shuningdek, deputat Nafosat mahallasida yangi qurilayotgan mahalla binosini joyiga chiqib ko‘zdan kechirdi hamda olib borilayotgan ishlarni o‘z nazoratiga oldi.