Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Доимий комиссия йиғилиши.
янв.21
Депутат сайловчилар билан учрашув ўтказди.
янв.21
Халқ депутатлари Пахтаобод тумани Кенгашида депутатлар йиғилиши ўтказилди.
янв.21
Ёшлар билан очиқ мулоқот — келажакка қадам!
янв.21
Ижтимоий соҳа, ёшлар сиёсати, маданият ва спорт масалалари бўйича комиссияси йиғилиши
янв.21
Маҳаллий бюджет, тадбиркорликни ривожлантириш ва иқтисодий ислоҳотлар масалалари бўйича доимий комиссияси йиғилиши
янв.21
Xalq deputatlari Paxtaobod tuman Kengashining doimiy komissiya yigilishi
янв.21
Депутат ва “Маҳалла еттилиги” хамкорлиги
янв.21
ПАХТАОБОД ТУМАНИДА “ЁШЛАР ОЙЛИГИ” ДОИРАСИДА СПОРТ ФЕСТИВАЛИ ЎТКАЗИЛДИ.
янв.21
Куз-қиш мавсумига тайёргарлик
Mahalliy byudjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari boʻyicha doimiy komissiyasi yigʻilishi boʻlib oʻtdi.

Xalq deputatlari Vobkent tumani Kengashi kotibiyatida xalq deputatlari tuman Kengashining Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari boʻyicha doimiy komissiyasining navbatdagi yigʻilishi boʻlib oʻtdi. Mazkur muhim yigʻilishda mazkur doimiy komissiya raisi A.Qurbonov boshchiligidagi deputatlar, shuningdek, tumandagi masʼul korxona va tashkilotlar rahbarlari ishtirok etdilar.

 Yigʻilish kun tartibida tumanda tumanda hududlarni kompleks rivojlantirish, qurilish, xususan uy-joy va ijtimoiy obyektlar qurilishi, kommunikatsiya, infratuzilma, ekologiya va transport yoʻnalishida 2025-yilda amalga oshirilgan ishlar toʻgʻrisida, tumanda 2026-2027-yillarda koʻp kvartirali uylarga tutash hududlarda umumiy foydalanishdagi infratuzilma obyektlarini qurish va rekonstruksiya qilish ishlarini samarali tashkil etish maqsadida manzilli dastur toʻgʻrisida, tumanda 2025-yilda aholining bandligini taʼminlash, yangi ish oʻrinlarni yaratilishi boʻyicha hamda kambagʻallikdan chiqarish boʻyicha tasdiqlangan maqsadli koʻrsatkichlarning ijrosi yuzasidan 2025-yil davomida amalga oshirilgan ishlar hamda 2026-yil rejalar toʻgʻrisida hamda tuman mahalliy byudjetiga doir masalalar koʻrib chiqildi.

Muhokama etilgan masalalar yuzasidan tuman qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi boʻlimi, tuman iqtisodiyot va moliya boʻlimi hamda tumani kambagʻallikni qisqartirish va bandlikka koʻmaklashish boʻlimi vakillarining axborotlari tinglandi.

Yigʻilish yakunida doimiy komissiya aʼzolari tomonidan barcha masalalar atroflicha koʻrib chiqilib, tegishli qaror loyihalarini Xalq deputatlari tuman Kengashining navbatdagi sessiyasi kun tartibiga kiritish yuzasidan tavsiyalar berildi. 

Slide 1 of 3