Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Маърифат маҳалласида хотин-қизлар билан ишлаш фаолияти ўрганилди
янв.21
Халқаро лойиҳалар ижроси, янги спорт аренаси ва депутат фаолияти диққат марказида.
янв.21
Битирувчи ёшларнинг мақсадлари қўллаб-қувватланди
янв.21
Депутат назорати.
янв.21
Юқори маҳалласида “еттилик” ва фаоллар билан учрашув ўтказилди
янв.21
Ёшлар келажаги — эътибор марказида
янв.21
Депутат сўроваи
янв.21
Депутат сўрови
янв.21
Депутат сўрови натижаси.
янв.21
Депутат ёшлар билан
Xalq deputatlari Toyloq tumani Kengashining Agrar, qurilish, kommunal sohalar, ekologiya, sanoat va transport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

Yig‘ilish davomida tumanda muhim ahamiyatga ega bo‘lgan qator masalalar muhokama qilindi. Jumladan, “Suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasasi direktori B. Ahadov tomonidan suv resurslarini boshqarish, suv xo‘jaligi obyektlarining texnik holatini yaxshilash hamda tumanda zamonaviy suv tejovchi sug‘orish texnologiyalarini joriy etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar va ushbu yo‘nalishda belgilangan ustuvor vazifalarning bajarilishi yuzasidan hisobot taqdim etildi. Hisobot davomida mavjud muammolar, ularni bartaraf etish choralariga ham alohida to‘xtalib o‘tildi.

✔️Shuningdek, yig‘ilishda Toyloq tumani Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish bo‘limi tomonidan amalga oshirilgan ishlar, sohada erishilgan natijalar hamda kelgusida bajarilishi lozim bo‘lgan ustuvor vazifalar yuzasidan ham muhokamalar olib borildi. Deputatlar tomonidan sohani yanada rivojlantirish, chorvachilikni qo‘llab-quvvatlash hamda aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini oshirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar bildirildi.

✔️Yig‘ilish yakunida muhokama qilingan masalalarni xalq deputatlari Toyloq tumani Kengashining navbatdagi sessiyasi kun tartibiga kiritish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.

✅ https://t.me/Toyloq_tuman_Kengashi

Slide 1 of 2