Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Маърифат маҳалласида хотин-қизлар билан ишлаш фаолияти ўрганилди
янв.21
Халқаро лойиҳалар ижроси, янги спорт аренаси ва депутат фаолияти диққат марказида.
янв.21
Битирувчи ёшларнинг мақсадлари қўллаб-қувватланди
янв.21
Депутат назорати.
янв.21
Юқори маҳалласида “еттилик” ва фаоллар билан учрашув ўтказилди
янв.21
Ёшлар келажаги — эътибор марказида
янв.21
Депутат сўроваи
янв.21
Депутат сўрови
янв.21
Депутат сўрови натижаси.
янв.21
Депутат ёшлар билан
Deputatlar tashabbusi bilan elektr ta’minoti yaxshilanmoqda

Toyloq tumanida aholi murojaatlari asosida hududlardagi ijtimoiy muammolarni hal etishga qaratilgan amaliy ishlar izchil davom etmoqda. Jumladan, tuman hokimi, xalq deputatlari tuman Kengashi deputati Behzod Rahmatullayev tashabbusi bilan har bir deputatga bosqichma-bosqich 25 million so‘m mablag‘ ajratish orqali mahallalardagi dolzarb masalalarni hal etish taklif etilgan edi. 

 

 ✔️Mazkur tashabbus doirasida aholi tomonidan elektr ta’minotini yaxshilash bo‘yicha bir qator taklif va murojaatlar bildirildi. Xususan, Taraqqiyot mahallasiga 50 dona, Talliota mahallasiga 40 dona, Birlik mahallasiga 11 dona, shuningdek Olmazor va Nuroniy mahallalariga elektr simog‘ochlari o‘rnatish masalasi deputatlarga yetkazildi. 

 

 ✔️Kelib tushgan murojaatlar deputatlar tomonidan ko‘rib chiqilib, doimiy komissiya muhokamasiga va xalq deputatlari tuman Kengashi sessiyasi kun tartibiga kiritildi. Natijada ushbu masala ijobiy hal etilib, mahallalarga zarur elektr simog‘ochlarini ajratish bo‘yicha qaror qabul qilindi. 

 

 ✔️Bu esa hududlarda elektr ta’minotini yanada barqarorlashtirish, aholiga qulaylik yaratish hamda infratuzilmani yaxshilash yo‘lidagi muhim qadam sifatida e’tirof etilmoqda. Bunday amaliy ishlar aholining turmush farovonligini oshirish, mahallalardagi mavjud muammolarni tizimli hal etishga xizmat qilayotgani bilan ahamiyatlidir.

Bu kabi amaliy ishlar mahallalarda davom etmoqda.

🌐 https://t.me/Toyloq_tuman_Kengashi

Slide 1 of 9