2026-yil 24-fevral kuni xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi kotibiyati hamda Shovot tumani Huquqiy maslahat byurosi hamkorligida Shovot tumani 1-son politexnikumida “Yoshlarning huquqiy savodxonligini oshirish” mavzusida targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.
Mazkur tadbirda politexnikum talabalari va ishchi-xodimlari ishtirok etdilar. Uchrashuv davomida yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislar tomonidan batafsil javob oldilar.
O‘zaro muloqot tarzida tashkil etilgan ushbu uchrashuv ishtirokchilarda katta taassurot qoldirdi hamda yoshlarning huquqiy bilim va ko‘nikmalarini yanada mustahkamlashga xizmat qildi.