Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Доимий комиссия йиғилиши.
янв.21
Депутат сайловчилар билан учрашув ўтказди.
янв.21
Халқ депутатлари Пахтаобод тумани Кенгашида депутатлар йиғилиши ўтказилди.
янв.21
Ёшлар билан очиқ мулоқот — келажакка қадам!
янв.21
Ижтимоий соҳа, ёшлар сиёсати, маданият ва спорт масалалари бўйича комиссияси йиғилиши
янв.21
Маҳаллий бюджет, тадбиркорликни ривожлантириш ва иқтисодий ислоҳотлар масалалари бўйича доимий комиссияси йиғилиши
янв.21
Xalq deputatlari Paxtaobod tuman Kengashining doimiy komissiya yigilishi
янв.21
Депутат ва “Маҳалла еттилиги” хамкорлиги
янв.21
ПАХТАОБОД ТУМАНИДА “ЁШЛАР ОЙЛИГИ” ДОИРАСИДА СПОРТ ФЕСТИВАЛИ ЎТКАЗИЛДИ.
янв.21
Куз-қиш мавсумига тайёргарлик
AHOLINI RO‘YXATGA OLISH JARAYONIDA MAHALLA YETTILIGI FAOLLIGI OSHIRISH

AHOLINI RO‘YXATGA OLISH JARAYONIDA MAHALLA YETTILIGI FAOLLIGI OSHIRISH

      Xalq deputatlari Kattaqo‘rg‘on shahar Kengashi deputati Ravshan Xamraev “Yakkabog‘” mahalla fuqarolar yig‘ini yettiligi a’zolari bilan uchrashuv o‘tkazdi.

      Uchrashuvdan ko‘zlangan asosiy maqsad — mahalladagi dolzarb muammolarni o‘rganish, aholini ro‘yxatga olish jarayonlarini borishi bilan bog‘liq muammolar, ularni bartaraf etish bo‘yicha aniq chora-tadbirlarni belgilashdan iborat bo‘ldi.

    Suhbat davomida Yakkabog‘ MFY shahrimizdagi eng katta mahallalardan ekanligi mahalla hududi, aholisi va oilalar sonining ko‘pligi e’tirof etildi. Bu esa mas’ullarga ro‘yxatga olish jarayoniga mas’uliyat bilan yondashish zarurligi haqida ta’kidlandi.

    Mahalla yettiligi bilan suhbat davomida aholi bandligini ta’minlash, kam ta’minlangan oilalarni qo‘llab-quvvatlash, infratuzilmani yaxshilash, jinoyatchilikning oldini olish hamda yoshlar va xotin-qizlar bilan ishlash masalalari ham muhokama qilindi. Mahalla yettiligi a’zolari hududda mavjud muammolar va ularni hal etish yuzasidan o‘z takliflarini bildirdilar.

      Deputat Ravshan Xamrayev mahalla bilan hamkorlikni yanada mustahkamlash, aholi murojaatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish va muammolarni joyida hal etish ustuvor vazifa ekanini ta’kidladi.

     Deputat tomonidan mahalla kanalida targ‘ibot ishlarini olib borishga yanada unumliroq foydalanish zarurligi ta’kidlandi. Belgilangan masalalar yuzasidan mas’ullar bilan hamkorlikda aniq reja ishlab chiqishga uchrashuv yakunida kelishib olindi. 

Slide 1 of 2