Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Маърифат маҳалласида хотин-қизлар билан ишлаш фаолияти ўрганилди
янв.21
Халқаро лойиҳалар ижроси, янги спорт аренаси ва депутат фаолияти диққат марказида.
янв.21
Битирувчи ёшларнинг мақсадлари қўллаб-қувватланди
янв.21
Депутат назорати.
янв.21
Юқори маҳалласида “еттилик” ва фаоллар билан учрашув ўтказилди
янв.21
Ёшлар келажаги — эътибор марказида
янв.21
Депутат сўроваи
янв.21
Депутат сўрови
янв.21
Депутат сўрови натижаси.
янв.21
Депутат ёшлар билан
Deputat maktabda ta’lim berish jarayonida o‘quvchilar uchun yaratilgan sharoitlarni o‘rgandi

Xalq deputatlari Muzrabot tumani Kengashiga 7-Qo‘rg‘oncha okurgidan saylangan deputati Norqobilov Shuhrat Ravshanovich tumandagi “Gulobod” mahallasi hududida joylashgan 56-umumiy o‘rta ta’lim maktabida bo‘ldi. Ushbu ta’lim dargohidagi shart-sharoitlarni o‘rganish davomida va pedagoglar jamoasining Respublikamiz Prezidentining “Mamlakatimiz ta’lim-tarbiya tizimini yanada takomillashtirish, ilm-fan sohasi rivojini jadallashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmoni bo‘yicha fikr-mulohazalari bilan o‘rtoqlashildi.

Shuningdek, deputat maktab jamoasi va o‘quvchilar ishtirokida uchrashuv o‘tkazdi. Uchrashuv davomida o‘quvchilarga zamonaviy ta’lim imkoniyatlari, kasb-hunar tanlashda to‘g‘ri yo‘l-yo‘riq belgilash, bilim va ko‘nikmalarni muntazam rivojlantirishning ahamiyati haqida batafsil ma’lumotlar berildi. Yoshlarning orzu-intilishlarini ro‘yobga chiqarishda mas’uliyat, intizom va mustaqil fikrlash muhim omil ekani ta’kidlandi.

Tadbir davomida o‘quvchilar o‘z fikr va mulohazalarini erkin bildirdilar, savol-javoblar orqali mavzu yanada boyitildi.

Muloqot jarayonida o‘quvchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan faol ishtirok etib, kelajakdagi rejalari va maqsadlari yuzasidan fikr almashdilar.

Samimiy ruhda kechgan suhbat yoshlarni ilm olishga rag‘batlantirish, ularning ijtimoiy faolligini oshirish hamda ta’lim jarayoniga bo‘lgan qiziqishini kuchaytirishga xizmat qildi.

Slide 1 of 4