Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Доимий комиссия йиғилиши.
янв.21
Депутат сайловчилар билан учрашув ўтказди.
янв.21
Халқ депутатлари Пахтаобод тумани Кенгашида депутатлар йиғилиши ўтказилди.
янв.21
Ёшлар билан очиқ мулоқот — келажакка қадам!
янв.21
Ижтимоий соҳа, ёшлар сиёсати, маданият ва спорт масалалари бўйича комиссияси йиғилиши
янв.21
Маҳаллий бюджет, тадбиркорликни ривожлантириш ва иқтисодий ислоҳотлар масалалари бўйича доимий комиссияси йиғилиши
янв.21
Xalq deputatlari Paxtaobod tuman Kengashining doimiy komissiya yigilishi
янв.21
Депутат ва “Маҳалла еттилиги” хамкорлиги
янв.21
ПАХТАОБОД ТУМАНИДА “ЁШЛАР ОЙЛИГИ” ДОИРАСИДА СПОРТ ФЕСТИВАЛИ ЎТКАЗИЛДИ.
янв.21
Куз-қиш мавсумига тайёргарлик
MUNOSABAT

Turkiya Respublikasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ishtirokida bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston–Turkiya Oliy darajadagi Strategik hamkorlik kengashi yig‘ilishi ikki qardosh davlat o‘rtasidagi tarixiy do‘stlik va o‘zaro ishonchga asoslangan munosabatlarni yanada mustahkamladi. Mazkur uchrashuv siyosiy muloqotni chuqurlashtirish, savdo-iqtisodiy aloqalarni kengaytirish, investitsiyaviy hamkorlikni faollashtirish hamda madaniy-gumanitar sohalardagi aloqalarni rivojlantirishda muhim bosqich bo‘ldi.Yig‘ilish davomida transport-logistika, sanoat, energetika, ta’lim va sog‘liqni saqlash yo‘nalishlarida hamkorlikni kengaytirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Tomonlar o‘zaro manfaatli loyihalarni jadallashtirish, hududlar o‘rtasidagi aloqalarni mustahkamlash va xalqaro maydonda bir-birini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qat’iy kelishuvlarga erishdilar.Mazkur yig‘ilish natijalari O‘zbekiston va Turkiya o‘rtasidagi strategik sheriklikni yanada chuqurlashtirishga, qardosh xalqlar manfaatlari yo‘lida uzoq muddatli va barqaror hamkorlikni izchil davom ettirishga mustahkam zamin yaratdi.

Xalq deputatlari Zarafshon shahar kengashi deputati G.Bobomurodova